115
ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy
manfaatdorligini
kuchaytirish, qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa
tortish tizimini soddalashtirish va birxillashtirishdan iboratdir.
Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‘jaligi tovar
ishlab
chiqaruvchilarni tasarrufidagi yerlaridan yanada oqilona foydalanishga
da’vat etadi, chunki har bir gektar yer maydoni uchun undan daromad
olish yoki daromad olmaslik holatidan qat’iy nazar
belgilangan
miqdordagi soliq summasini to‘lash lozim bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer
solig‘ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi
jarayonini yanada takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa
tortishning ushbu tizimi xo‘jaliklar hisobchilarining soliqlarni hisoblash
va to‘lash borasidagi ishlarini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‘jalik
korxonalari o‘nlab turdagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashar edi. Agar
ayrim soliq turlarining har oyda va har chorakda to‘lanishini
hisobga
oladigan bo‘lsak, unda ayrim xo‘jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar
bo‘yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 yilda ana shuncha
to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishi kerak bo‘lar edi. Endilikda esa
xo‘jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi
soliq summasini hisoblab
chiqishadi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab
chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq
xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot
tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassa-
salarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari yagona yer solig‘ining to‘lovchilari
bo‘lib hisoblanishadi.
Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik
shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab
chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:
yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi
mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta
ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq
xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik
shaxslar;
qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan
tartibda berilgan yer
uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan
mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta
ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi
Dostları ilə paylaş: