112
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda
1
5
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
sotib oluvchi,
saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov
tashkilotlari
4
Agar savdo korxonalari, jumladan ulgurji va chakana dorixonalar,
yagona soliq to‘lovining turli stavkalari o‘rnatilgan aholi punktlarida
mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan
bir necha savdo
shahobchalariga ega bo‘lsalar, ular har bir savdo shahobchasi bo‘yicha
tovarlar aylanmasini alohida-alohida hisobini yuritishlari va shu aholi
punktlari uchun o‘rnatilgan soliq stavkalari bo‘yicha yagona soliq
to‘lovini to‘lashlari shart.
Bunda savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa
daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa
daromadlari savdo korxonasi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan
o‘tgan joy uchun o‘rnatilgan stavkasi bo‘yicha yagona soliq to‘lovini
to‘laydilar.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to‘lovini
mustaqil ravishda soliq solinadigan baza
va belgilangan stavkalardan
kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar va byudjetga to‘laydilar.
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan
yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot
topshiriladigan muddatda taqdim etiladi(2-ilova).
Yagona soliq to‘lovi quyidagicha to‘lanadi:
mikrofirma va kichik korxona jumlasiga
kirgan savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish
muddatidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan savdo
va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan - har oyda,
keyingi
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik
moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Dostları ilə paylaş: