Mavzuga doir masalalar 1-masala. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan ishlab chiqarish
korxonasi joriy yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum –
65000 ming so‘m;
davlat qimmatli qog‘ozlaridan olingan daromad – 350 ming so‘m;
valuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek, chet el valutasidagi
operatsiyalar bo‘yicha kursdagi ijobiy farq – 52 ming so‘m;
valuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek, chet el valutasidagi
operatsiyalar bo‘yicha kursdagi salbiy farq – 45 ming so‘m;
sud qarori bilan korxonaga undirib berilgan jarima summasi – 250
ming so‘m;
da’vo muddati o‘tgan kreditor qarzdorlikning hisobdan
chiqarilgan summasi – 550 ming so‘m;
tekinga olingan mol-mulk qiymati – 280 ming so‘m.
Hisobot davri uchun yagona soliq to‘lovi summasini aniqlang. 2-masala. Yagona soliq to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchisi bo‘lgan ishlab chiqarish korxonasi bo‘yicha quyidagi
ko‘rsatkichlar berilgan:
tovar (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum (QQS bilan) –
650000 ming so‘m;
asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushum – 66000
ming so‘m (asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 100000 ming so‘m,
hisoblangan amortizatsiya summasi – 50000 ming so‘m);
mol yetkazib beruvchilar tomonidan xo‘jalik shartnomasiga
muvofiq to‘lab berilgan jarima summalari – 250 ming so‘m;
106
binoni ijaraga berishdan olingan daromadlar – 25000 ming so‘m.
Hisobot davri uchun byudjetga hisoblangan va to‘langan yagona soliq to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlang.