109
Agar yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarda
joriy soliq davrining
ketma-ket keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy
ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi bo‘lmasa, ular
umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishga haqli.
Hisobot yili yakunlari bo‘yicha
savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish
sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat
turi bo‘lmagan yuridik shaxslar ular kelgusi yil boshidan e’tiboran
umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishi kerak, bundan soliq solish
tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik
korxonalar mustasno.
Hisobot yili yakunlari bo‘yicha savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish
sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat
turi bo‘lmagan yuridik shaxslar (bundan mikrofirmalar va kichik
korxonalar mustasno) yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqidan mahrum
bo‘lgan o‘tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha
hisob-kitoblar asosida yagona soliq to‘lovi yuzasidan qayta hisob-
kitobni amalga oshiradi.
Hisobot yili tugaganidan keyin hisobot yili yakunlari bo‘yicha
savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot
yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lmagan
mikrofirmalar va
kichik korxonalar 1 fevraldan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibi tanlanganligi
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
tasdiqlangan shakl bo‘yicha yozma bildirish taqdim etishi shart. Soliq
to‘lovchi tomonidan yozma bildirishning belgilangan muddatda taqdim
etilmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga berilgan
roziligi deb hisoblanadi.
Ishchilar sonidan qat’iy nazar ulgurji,
chakana savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari (shu jumladan kichik korxonalar va
mikrofirmalar) yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari hisoblanadi.
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisini aniqlashda asosiy mezon bo‘lib,
yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi
guvohnomada ko‘rsatilgan korxona faoliyatining kodi hisoblanadi.
Bunda korxonaning ixtisoslashishi xalq xo‘jaligining umumdavlat
tasniflagichi (XXTUT) bo‘yicha tarmoq kodiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Agar korxonaning faoliyati XXTUT bo‘yicha tarmoq kodiga to‘g‘ri
kelmasa, o‘z faoliyati kodini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
davlat statistika organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga va ushbu
110
toifadagi korxonalar (faoliyati turlari) uchun belgilangan tegishli
soliqlarni to‘lashga majbur.
Agar joriy yil yakuni bo‘yicha realizatsiya (tovaroborot)ning
umumiy yillik hajmida tushum ulushi faoliyati turlari bo‘yicha bir xil
miqdorni tashkil etsa, asosiy faoliyat turi o‘tgan
hisobot yil yakuni
bo‘yicha aniqlanadi.
Yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solish obyekti bo‘lib savdo
va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tovar oboroti hisoblanadi.
Bundan tashqari savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari
boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa
daromadlar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi.
Shuningdek, yagona soliq to‘lovi hisob-kitob bazasini aniqlashda
tushumdan quyidagilar chegirib tashlanadi:
davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;
to‘lov manbayida soliq solinadigan dividendlar va foizlar
tariqasida
olingan daromadlar;
dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan
bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga)
yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan
chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik
shaxsning mol-mulki imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida uning
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solinadigan bazadan
chegirilgan daromadlarga to‘lov manbayida umumiy asoslarda soliq
solinadi;
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar.
Mazkur
daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi
qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq
solinishi kerak.
mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va
asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi
qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan
boshqa daromadlar;
ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati
tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan
tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
111
Savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan
tasdiqlanadi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil
29-dekbrdagi 3454-sonli qaroriga muvofiq 2018-yildan boshlab savdo
va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ishchilari sonidan qat’iy
nazar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) quyidagi stavkalarda
yagona soliq to‘lovi to‘lash joriy qilingan (3.2.3-jadval).
3.2.3-jadval
Dostları ilə paylaş: