122
xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to‘laydigan yer solig‘i boshqa
yuridik shaxslarga nisbatan ancha past miqdorda belgilangan.
Gollandiyada bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida
mehnatga qobiliyatli aholining 4 foizigina ishlaydi.
Bu davlatning
hududi va aholisi O‘zbekiston bilan solishtirilganda bir necha barobarga
kam. Tabiiy sharoiti esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi
uchun anchagina noqulay. Shunga qaramasdan ushbu mamlakat qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha
dunyoda uchinchi
o‘rinda turadi. Eksportning yillik hajmi taxminan 35 mlrd. AQSh
dollarini tashkil etadi.
Jahonda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari AQSh
davlatida mukammal shakllangan deb atash mumkin. Buning asosiy
sabablari, fermer xo‘jaliklariga yordam dasturlarini mablag‘ bilan
ta’minlashda federal hukumat yetakchilikni o‘zida saqlab turganligi
bilan izohlanadi.
Buyuk Britaniya soliq tizimida fermer xo‘jaliklarini soliqqa tortish
alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu mamlakatda fermerlar to‘laydigan
asosiy soliq turi daromad solig‘i hisoblanib, u moliya yilida xo‘jalikda
hosil qilingan daromad yoki foydadan belgilangan shkala bo‘yicha
undiriladi. Daromad solig‘ini undirish maqsadida fermer xo‘jaliklariga
beshta soliq shkalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda er, mol-mulklarni
ijaraga berishdan olingan daromadlarga
soliq solish, o‘rmon
xo‘jaliklaridan olinadigan foydaga soliq solish, asosiy faoliyatdan
tashqari olingan daromad manbalariga soliq solish, ishchi xodimlar va
yollanma mehnat qiluvchilarning daromadlariga
soliq solish jarayonlari
aks ettiriladi. Fermer xo‘jaliklari uchun moliya yili 1 apreldan boshlanib
keyingi kalendar yilining 31 martida tugaydi. Foyda solig‘i moliya yil
yakuni bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisoblangan soliq summasining
50 foizini 1 yanvarda va qolgan qismini 1 iyunda byudjetga to‘lab
beriladi. Ya’ni bu yerda soliqni byudjetga undirishda qishloq
xo‘jaligining mavsumiyligi hisobga olingan.
Dostları ilə paylaş: