119
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan
yerlari bundan mustasno;
sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va
tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan,
profilaktika va davolash ishlarini tashkil
etish uchun qulay tabiiy
shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari;
rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - aholining ommaviy dam olishi
va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda
tashkilotlarga
berilgan yerlar;
suv fondi yerlari.
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari
egallagan yerlar;
madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;
sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va
bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari
hamda o‘quv-mashq
bazalari egallagan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan
obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati
davrida;
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar
egallagan
yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida foy-
dalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga
molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar.
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan
yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan
davrda va ular
o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan
yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh
yil muddatga;
yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan
yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish
uchun foydalanilishidan qat’iy nazar uch yil muddatga;