Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Mavzuga doir masalalar 
 
1-masala.
Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan chakana savdo 
korxonasi hisobot davrida 35600 ming so‘mlik mahsulot sotgan. Shu 
jumladan, 24800 ming so‘mlik mahsulot plastik kartalar orqali to‘lov 


113
terminallaridan foydalangan holda sotilgan. Sotilgan tovarlarning xarid 
qiymati 29800 ming so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari savdo 
korxonasi quyidagi ko‘rsatkichlarga ham ega: 

asosiy vositalar obyekti realizatsiya qilingan – 380 ming so‘m 
(boshlang‘ich qiymat – 1000 ming so‘m, hisoblangan amortizatsiya 
summasi – 640 ming so‘m);

muddati o‘tgan deponent qarzdorlik hisobdan chiqarilgan – 360 
ming so‘m; 

valuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek, chet el valutasidagi 
operatsiyalar bo‘yicha kursdagi ijobiy farq – 120 ming so‘m; 

valuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek, chet el valutasidagi 
operatsiyalar bo‘yicha kursdagi salbiy farq – 140 ming so‘m; 
Hisobot davri uchun yagona soliq to‘lovi summasini aniqlang. 
 
2-masala.
Savdo korxonasi shartnoma qiymati 50 ming AQSh 
dollari bo‘lgan shokolad qandolat mahsulotini import qilmoqda. Olingan 
tovarning bojxona qonunchiligi bo‘yicha aniqlangan bojxona qiymati 55 
ming AQSh dollarini tashkil etmoqda. Bojxona yuk deklarsiyani 
rasmiylashtirish vaqtidagi 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan 
ayirboshlash kursi 2430 so‘mni tashkil etadi. 
Bojxona bojining stavkasi 10 foiz, bojxonada rasmiylashtiruv 
yig‘imi esa 0,2 foizni tashkil etadi 
Savdo korxonasi tomonidan to‘lanadigan bojxona to‘lovlari 
summasini aniqlang. 
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
2007-yil 1-yanvarga qadar savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalari uchun qanday soliqqa tortish tartibi qo‘llanilgan? 
2.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yagona soliq 
to‘lovini to‘lovchilari tarkibiga o‘tishining ahamiyati va zarurligi 
nimada?
3.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq 
to‘lovidan tashqari yana qanday to‘lovlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
to‘lash tartibi saqlab qolinadi? 
4.
Savdo faoliyati, deganda nimani tushunasiz? 
5.
Umumiy ovqatlanish faoliyati, deganda nimani tushunasiz? 
6.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq 
to‘lovi obyekti qanday aniqlanadi? 
7.
Yagona soliq to‘lovini hisoblashda yalpi tushum tarkibi qanday 
aniqlanadi? 


114
8.
Soliq solinadigan bazani aniqlashda yalpi tushum tarkibidan 
nimalar chegiriladi? 
9.
2015-yil uchun savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan 
olinadigan yagona soliq to‘lovi stavkalari qanday miqdorlarda 
belgilangan? 
10.
Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtirilgan? 
11.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yagona 
soliq to‘lovi hisob-kitobi qanday muddatlarda taqdim etiladi va 
to‘lanadi? 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin