O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotida
tatbiq etishning zarurligi nimada?
2.
Soliq amaliyotida soliq solishning soddalashtirilgan tartibi va u
qaysi me’yoriy hujjat asosida ilk bor qachon joriy qilingan?
3.
Kichik biznes subyektlari tarkibi qaysi mezonlar asosida belgi-
lanadi?
4.
Yagona soliq to‘lovi qachon joriy etildi?
5.
Yagona soliq bilan yagona soliq to‘lovining farqi nimada?
6.
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari kimlar?
7.
Yagona soliq to‘lovining stavkalari qaysi mezonlar asosida
belgilanadi?
8.
Qanday yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovidan imtiyozga ega?
9.
Yagona soliq to‘lovi byudjetga qaysi muddatdan kechiktirmasdan
to‘lanadi?
10.
Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini
berish tartibi qanday?
11.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining yagona soliq
to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori
qanday hollarda qabul qilinishi mumkin?
3.2.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish Ma’lumki, savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari 2007-yil 1-
yanvarga qadar byudjetga to‘lab kelgan
yalpi daromadidan yalpi daromad solig‘i,
mol-mulk solig‘i, tovarlar aylanmasidan
Pensiya jamg‘armasiga, Respublika Yo‘l
jamg‘armasiga hamda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga
majburiy to‘lovlar to‘lash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2006-yil 18-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2007-
yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat
byudjetining parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-532-sonli qaroriga muvofiq
Savdo va umumiy ov-