102
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda imtiyozli davr tugaganidan so‘ng
o‘n ikki oy ichida teng ulushlar bilan to‘lanadi, ushbu me’yor savdo va
umumiy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi;
3)
qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun
byudjetga ijara haqini to‘lamaslik huquqi, ya’ni yagona soliq to‘lovini
to‘lovchilar - yuridik shaxslar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy
davlat hokimiyati organlarining qarorlari bo‘yicha ijaraga olingan yer
uchastkalari uchun byudjetga ijara haqi to‘lashdan ozod qilinadi,
umumbelgilangan soliqlar to‘lanadigan faoliyat turlarida foydalanilayotgan
yer uchastkalari bundan mustasno.
Soliq amaliyotiga yagona soliq to‘lovining kiritilishi kichik biznes
subyektlarini va mikrofirmalarni soliqqa
tortish uslubiyatini yanada
soddalashtirdi.
Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan
bazadan va belgilangan stavkalardan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar
uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi
summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil
boshidan e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi
summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab
chiqarilgan hisobot
davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi.
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan
yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa
yillik moliyaviy hisobot
topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (2-ilova).
Yagona soliq to‘lovi quyidagicha to‘lanadi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni
taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan
- har oyda, keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Dostları ilə paylaş: