90
asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil qilish bo‘yicha
faoliyatni amalga
oshirish doirasidagi yuridik shaxslar kiritildi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda
to‘lovchilar hisoblangan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan
notariuslar esa soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqisiz yagona
soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkazildi.
2007-yil 1-yanvardan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan
alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik
korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqisiz,
soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazildi. Yer
qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni
qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalarga
yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmaydi (bundan maxsus pechlardan
foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar
asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik
korxonalar mustasno). Bundan tashqari Soliq kodeksining 350-
moddasiga ko‘ra yagona yer solig‘ini to‘lovchilarga, qat’iy
belgilangan
soliqni to‘lash nazarda tutilgan mikrofirma va kichik korxonalarga
hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan
mikrofirma va kichik korxonalarga ham yagona soliq to‘lovi tatbiq
etilmaydi.
Hozirgi kunda yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 350-moddasiga muvofiq
quyidagilar hisoblanadi:
xodimlarning soniga bog‘liq holda:
mikrofirmalar va kichik korxonalar;
xodimlarning sonidan qat’iy nazar:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshirish
doirasidagi yuridik shaxslar.
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli
shaxs) sherik (ishtirokchi) - yakka tartibdagi tadbirkor.
Yagona soliq to‘lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga
tatbiq etilmaydi:
aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer
qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni
qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga,
bundan maxsus pechlardan foydalangan
holda energiya tejaydigan
zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi
mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno;
91
yagona yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliq to‘lash nazarda
tutilgan faoliyat doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan
mikrofirmalar va kichik korxonalarga.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga
xodimlarining soni
bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik
shaxslar kiradi. Bunda:
xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o‘rtacha yillik
sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
xodimlarning o‘rtacha yillik sonini aniqlashda o‘rindoshlik, pudrat
shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar
bo‘yicha ishga
qabul qilingan xodimlarning, shuningdek, unitar (sho‘ba)
korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham
hisobga olinadi;
yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga
kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga to‘g‘ri
keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy
tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»«gi Farmoniga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish haqida»gi PF-3305 sonli farmoniga ko‘ra 2004-
yilning 1-yanvaridan boshlab kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari
toifasiga quyidagilar kiritilgan:
yakka
tartibdagi tadbirkorlar;
kichik korxonalar;
mikrofirmalar.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni
bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik
shaxslar kiradi.