85
4-masala.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchisi
hisoblangan ishlab chiqarish korxonasi bo‘yicha 2018
yil hisobot davri
uchun quyidagi ko‘rsatkich berilgan:
ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 12800 ming
so‘m;
chet el valutasiga sotilgan mahsulot 14 ming AQSh dollari
miqdorida (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSh dollari – 2430 so‘m);
omborxonalarni ijaraga berishdan olingan daromad – 2700 ming
so‘m;
uskunalarni o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani
uchun mol
yetkazib beruvchi korxonadan tushgan
jarima va shartnomada
ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lov – 998 ming so‘m;
olingan dividendlar (dividenddan undirilgan
soliq haqidagi
ma’lumotnoma mavjud) – 1339 ming so‘m;
«RAYXON» firmasi beg‘araz yordam sifatida kadrlar bo‘limiga
komp’yuter dasturini o‘rnatib berdi;
2015-yilda qonunchilikka asosan hisobdan chiqarilgan 3010 ming
so‘mlik sotilgan mahsulotning
puli kelib tushgan;
sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi – 11375 ming
so‘m;
belgilangan me’yorlarga 2 oshiriluvchi koeffitsiyentni qo‘llagan
holda ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan
asosiy vositalar
amortizatsiyasi - 2100 m.so‘m.
O‘tgan davr uchun quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:
o‘z mahsulotlarini reklama qilish xarajatlari – 125 ming;
ma’muriy boshqaruv xodimlarining (MBH) ish haqi xarajatlari –
4495 ming so‘m;
ma’muriy boshqaruv xodimlarining
xizmat safari xarajatlari,
me’yordagisi – 392 ming so‘m, me’yordan yuqori – 85 ming so‘m;
xizmat avtomobilini saqlash uchun xarajatlar – 145 ming so‘m;
uyali (mobil) aloqa xarajatlari – 1200 ming so‘m;
ishlab chiqarishga daxldor bo‘lmagan
asosiy vositalar
amortizatsiyasi – 895 ming so‘m;
hisobot davrida olingan schyot-fakturalar bo‘yicha to‘langan QQS
– 925 ming so‘m.
Dostları ilə paylaş: