80
variantda 238 500 so‘m foyda solig‘i to‘laydi, ya’ni mos ravishda 99
000 so‘m yoki 211 500 so‘m korxona ixtiyorida qoladi.
Soliq kodeksining 159-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslarning soliq
solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalariga,
madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish,
jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muassasalariga, mahalliy
davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga beriladigan badallar, homiylik va xayriya tariqasidagi
mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan
ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab
chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya
qilishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga,
lizing obyekti qiymatining o‘rnini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar
summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib
tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p
bo‘lmagan miqdorda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar qilingan soliq davridan e’tiboran, texnologik
jihoz bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran besh yil
ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import
qilingan) paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga
berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash
bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi
imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz
tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq
to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladi;
yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari
badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin
yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan
bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy
Dostları ilə paylaş: