77
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ining stavkasi yillar bo‘yicha kamayib borgan,
jumladan 1995-yilda uning miqdori 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-
yilga kelib 14 foizgacha pasaytirilgan, ya’ni 2018-yilda 1995-yilga
nisbatan soliq stavkasi 24 foizli punktga kamaytirilgan.
3.1.2-jadval
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘I
STAVKALARI
24
N To‘lovchilar
Soliq stavkalari, soliq
solinadigan bazaga
nisbatan foizda
1 Yuridik shaxslar (2-3-bandlarda
nazarda tutilganlaridan
tashqari)
14
2 Tijorat banklari
22
Rentabellik* darajasiga bog‘liq holda mobil aloqa
xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa
kompaniyalari):
20 foizgacha
14
3
20 foizdan yuqori**
rentabellikning 20 foizlik
darajasidan oshadigan
foyda summasining 50
foizi**
Izoh.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish
ko‘rinishidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini imtiyozlar amal qilish muddati
tugaguncha ikki baravar pasaytirilgan stavkada to‘laydilar.
*) Rentabellik foyda solig‘i to‘lanishiga qadar foydaning realizatsiya
qilingan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish
tannarxi summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Mobil aloqa xizmatlarini
ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan foyda
solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini O‘zbekiston Respublikasining
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi.
**) Uyali aloqa kompaniyalarining mobil aloqa xizmatlari narxlarini
davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan joriy qilindi.
24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli qaroridan
olindi.
78
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini yildan yilga
kamaytirilganligi mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosati,
avvalombor, korxonalar investitsion faoliyatini rag‘batlantirishga,
ishlab
chiqarishni yangi texnik va texnologik asbob-uskunalar bilan qayta
jihozlashga, korxonalar moliyaviy holatini yanada barqarorlashtirishga
hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan izohlanadi.
Yuqorida 3.1.2-jadval ma’lumotlarida 2018-yilda yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali
amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘iga qo‘shimcha ravishda sof
foydasiga ham 10 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Sof foyda deganda O‘zbekiston Respublikasining norezidenti
tomonidan O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa
orqali amalga
oshiriladigan faoliyatdan olingan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘ining hisoblangan summasi chegirib tashlangan foyda tushuniladi.
Doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan O‘zbekiston
Respublikasida faoliyat olib borgan norezidentning daromadi hech
qanday chegirmasiz daromad manbayida quyidagi stavkalarda soliqqa
tortiladi:
dividendlar va foizlarga - 10 foiz;
sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga - 10 foiz;
xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga
(fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz;
royalti, ijara
daromadlari, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan
boshqaruv xizmati, maslahatlar, tekinga olingan mol-mulk va boshqa
daromadlar - 20 foiz.
Yuridik shaxslarga to‘lanadigan dividend va foizlar to‘lov
manbayida 10 foizli stavka bilan soliqqa tortiladi.
Soliqqa tortish maqsadida dividend deb, aksiyalardan va boshqa
xo‘jalik subyektlarining ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan
daromadlari tushuniladi. Foizlarga esa depozit qo‘yilmalar, qarz
majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olgan daromadlar kiradi.
Manbayida soliqqa tortilgan va dividend,
foiz olgan norezident jami
daromadidan tegishli tartibda belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda
chegirma olish huquqiga ega bo‘ladi.
Soliq kodeksining 158-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ichki ishlar organlari huzuridagi
qo‘riqlash bo‘linmalari ozod etiladi.
79
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:
protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab
chiqarishdan, shuningdek, nogironlarga ortopedik
protezlash xizmati
ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya
buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat
ko‘rsatishdan olingan foydasi;
shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan
yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatishdan olingan foydasi;
tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash
ishlarini amalga
oshirishdan olingan foydasi;
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan
olingan foydasi.
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar
tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i summasi belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan
nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida
kamaytiriladi.
Ushbu imtiyoz yanada yaqqol tushunarli bo‘lishi
uchun quyidagi
jadvalga e’tiborimizni qaratamiz:
3.1.3-jadval
Dostları ilə paylaş: