82
qonunchiligida ko‘zda tutilgan har bir kechiktirilgan kun uchun
hisoblangan soliq summasiga nisbatan 0,033 foiz miqdorida penya
(moliyaviy jarima) qo‘llaniladi.
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan
holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10
foizdan
ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy
to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy
summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga
haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash
hisob-
kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, shuningdek, sof foydadan
olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-
kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasi kelgusi to‘lovlarga o‘tkaziladi
yoki soliq to‘lovchiga boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan
qarzi bo‘lmasa undan yozma ariza olgan kundan boshlab 30 kun ichida
yuridik shaxsga qaytariladi.
Yuridik shaxslardan to‘lov manbayida olinadigan foyda solig‘i
belgilangan stavkalarni chegirmalarni amalga oshirmasdan to‘lanadigan
daromad summasiga nisbatan qo‘llash orqali hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxslardan to‘lov manbayida olinadigan foyda solig‘ini
yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishlari shart:
dividendlar va foizlarni;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini
ushlab qolish va
byudjetga o‘tkazish uchun javobgarlik daromadni to‘lash manbayi,
shuningdek, Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida
faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi, O‘zbekiston
Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad to‘lovchi
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari zimmasida bo‘ladi.
Yuridik shaxslardan to‘lov manbayida olinadigan foyda solig‘ini
ushlab qoluvchi yuridik shaxslar:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini O‘zbekiston Re-
spublikasi norezidentlariga dividendlar, foizlar va to‘lovlarni to‘lash
sanasidan kechiktirmay byudjetga o‘tkazishi. Banklar O‘zbekiston
Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar
va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan
83
foyda solig‘ini to‘lov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi
kunidan kechiktirmay byudjetga o‘tkazadi;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini
davlat
soliq xizmati organlariga to‘lov amalga oshirilgan hisobot davri
tugagandan keyin yigirma besh kundan kechiktirmay taqdim etishi;
davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan
shakldagi, bu shaxslarning soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi
va soliq davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ining umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani soliq
davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun
ichida taqdim etishi;
daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad
summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan soliqning umumiy
summasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘g‘ri hisoblash va
byudjetga o‘z vaqtida to‘lash javobgarligi soliq to‘lovchi yuridik shaxs
zimmasiga yuklanadi.
Yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad
qilingan xarajatlar hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirib
tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq to‘lovchining jami
daromadiga qo‘shiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan
hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan
xarajatlar Soliq kodeksida
belgilangan tartibda va miqdorlarda chegiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash
paytida hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun
chet davlat vakolatli organining to‘lov xabarnomasi, ma’lumotnomasi
yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: