84
Mavzuga doir masalalar
1-masala.
Quyidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ini hisoblang (ming so‘m hisobida):
Tovarlar (ish, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum – 5765
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 688
Aksiz solig‘i – 380
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi – 3195
Sotish xarajatlari – 55
Ma’muriy xarajatlar – 93
Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad – 25
Olingan dividendlar – 105
Valuta kursi bo‘yicha ijobiy farq – 66
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar – 22
Favqulodda foyda – 5
Chegirilmaydigan xarajatlar - 408
Soliq imtiyozi – 125
Foyda solig‘i stavkasi – 14 foiz
2-masala.
Quyidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ini hisoblang (ming so‘m hisobida):
Tovarlar (ish, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum – 3192
- shundan eksport faoliyatidan – 670
Foyda solig‘i to‘langunga qadar foyda – 508
Olingan dividendlar – 115
Soliq imtiyozi – 92
Foyda solig‘i stavkasi – 14 foiz
3-masala.
Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat
yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘lagungacha bo‘lgan foydasi 3500
ming so‘m bo‘lgan.
Hisobot davri uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar
mavjud:
Xayriya jamg‘armasiga homiylik yordami ko‘rsatilgan – 180
ming so‘m.
Nuroniylar oromgohiga yordam mablag‘i o‘tkazib berilgan – 249
ming so‘m.
Hisobot davri uchun korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan foyda
solig‘i summasini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: