81
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘ini hisoblab chiqarish soliq
solinadigan bazadan va
belgilangan
stavkadan
kelib chiqqan holda amalga
oshiriladi. Kalendar yil soliq davri, yilning choragi hisobot davridir.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat
soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har
choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay,
yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan
muddatda taqdim etiladi. Foyda solig‘i bo‘yicha hisobotlar hisob-
kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi
(1-ilova).
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni
doimiy muassasa orqali
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy
muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga O‘zbekiston
Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin
shaklda), shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining
hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun
yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan
muddatlarda
taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining
hisob-kitobida byudjetga to‘lanadigan sof foydadan olinadigan soliq
summasi alohida satrda ko‘rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan
avval tugatilgan taqdirda bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir
oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart.
Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik
shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy
to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot
davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy
hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan
stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy
to‘lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay hisoblab chiqarilgan yil
choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.
Hisobot davrida taxmin qilinayotgan
soliq solinadigan foyda eng
kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan
soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi. Joriy to‘lovlar belgilangan
muddatlargacha byudjetga to‘lanmasa ularga nisbatan soliq
Dostları ilə paylaş: