KIRISH «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ta’limning ijtimoiylashuvi bo’limida ko’rsatib o’tilgan talabalar-yoshlarning adabiy-estetik dunyoqarashini boyitish, ularda go’zallik tuyg’ularini qaror toptirish adabiyotning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganiligi bilan belgilanadi.
Adabiy-estetik qadriyatlarning milliy va umumbashariy jihatlarini, turkiy xalqlar adabiyotining millat hamda jamiyat ravnaqidagi o’rnini talabalarga tushuntirish, ularda badiiy asarni chuqur tushunish, tahlil tadqiqi etish malakasini hosil qlishi, jamoatningchilikni turkiy xalqlar adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va g’oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko’maklashish, jamiyatning ma’anaviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirishga, bozor iqtisodiyoti jarayonida badiiy adabiyotning mablag’ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun amaliy ko’rsatmalar beradi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari “Tanlov fan” (“Bobur va boburiylar davri adabiy muhiti”) fanini o’qitishning maqsadi shuki, badiiy adabiyot tarixi va adabiy-nazariy tafakkur tadrijining shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatib berish, talabalarning adabiy-estetik tafakkurini, yuksaltirish, ilmiy mushohadaning vujudga kelishi ko’nikmalarini hosil qilish, faol ijodkorlik ruhi va mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.
Hindistonda boburiylar davlatining tashkil topishi bilan Movarounnahr-Hindiston xalqlarining savdo-iqtisodiy, diplomatic va siyosiy munosabatlari kabi madaniy aloqalari ham rivojlandi. Bu davr hind badiiyati mulkida turkiyzabon adabiyotining bunyod etilishi, shakllanishi va rivojlanishi uzoq o’tmishdan mavjud adabiy aloqalarimizning amaliy tantanasi edi.
Boburiylar sulolasi yirik vakillarining mahalliy va xorijiy ijodkorlarga ko’rsatgan iltifoti va homiyliklari saltanatda “hind-musulmon madaniyati”dagi o’zaro mushtarak jihatlarning jadallashuvini ta’minladi. Aftidan, bu jarayonada boburiylar davlatidagi madaniy muhit va ijod uvhun mavjud imtiyozlar, ko’plab movarounnahrlik shoir, fozil, muarrix, musavvir, xattot va boshqa soha san’atkorlarining Hindistonga kelishida yetakchi rol o’ynadi. Yana, mamlakatda hind va musulmonlarning o’zaro birlashuviga da’vat etuvchi bhaktiy va tasavvuf g’oyalarining jamiyatdagi ustuvorligi ichki siyosatning g’oyaviy jihatdan mustahkamlanishi va ma’rifatning ravnaq topishida hal qiluvchi omillardan biri vazifasini o’tadi.
Bobur, Bayramxon, Humoyun, Komron, Forig’iy, Diyda, Johila, Yusuf Faryobiy, Fahm, Abdurahmon xoni xonon, Azfariylar ijodiy merosining yaxlit ilmiy asosda tadqiq etilishi, mazkur shoirlar salafining hind va turkiy xalqlar adabiyoti tarixida yangi bir bob sifatida o’rganilishi ushbu kursning maqsadini tashkil etadi.