O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Bayramxon hayoti va ijodi. Bayramxon devoni nusxalarining ilmiy tavsifi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə5/13
tarix11.12.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#73906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Танлов фан Бобур ва бобурийлар даври

Bayramxon hayoti va ijodi. Bayramxon devoni nusxalarining ilmiy tavsifi
Zahiriddin Muhammad Boburdan keyin Hindistonda turkiy-o’zbek tilida ijod qilgan shoirlardan biri Bayramxondir. Xoni xonon (xonlar xoni) unvoniga ega bo’lgan Muhammad Bayramxon nomi (taxallusi Bayram) XVI asrning birinchi yarmi Hindiston tarixi, madaniyati va adabiyotiga bag’ishlangan deyarlik hamma manbalarda tilga olinadi, uning harbiy- siyosiy faoliyati va adabiy ijodiga yuqori baho beriladi. Jumladan, Xo’ja Nizomiddin Ahmad Hirotiy (1550-1604)ning «Tabaqoti Akbariy», Abdulqodir Badayuniyning «Maosiri Rahimi», Abul Fazl Allomiy (1551-1602)ning «Akbarnoma»si va boshqa tarixiy-memuar asarlar hamda tazkiralarda Bayramxonning hayoti va ijodiy faoliyatiga doir ma’lumotlar ko’p uchraydi.
Mirzo Komron hayoti va ijodi. Komron devoni nusxalarining ilmiy tavsifi
Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy faoliyatini Hindistonda muvaffaqiyat bilan davom ettirib, xuddi Bayramxondek forsiy va turkiy tillarda ijod etgan shoirlardan biri Boburning o’g’li Komron Mirzodir. Komron Mirzo g’azal, ruboiy, qit’a, fard va masnaviy janrlarida ijod qilib, o’z davri adabiy hayotida ko’zga tashlangan va shoir sifatida tan olingan. Uning hayoti va ijodi haqida Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» va boshqa asarlarida, Gulbadanbegimning «Humoyunnoma»sida, Abul Fazl Allomiyning «Akbarnoma»si va boshqa manbalarda ma’lumotlar uchraydi. Komron Mirzo hayoti va ijodini o’rganishda keyingi yillarda O’zbekistonda ancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, N.Nizomiddinov, N.Rahimov, R.Inomxo’jaev, J.Jo’raev, S.Do’stov, Saidbek Hasanov va boshqalarning kitoblari va ilmiy maqolalari e’lon qilindi, devoni nashr ettirildi. O’zbekistonda yashab turgan afg’on olimasi Shafiqa Yorqin Komron Mirzo davri, hayoti, ijodi va badiiy mahoratiga doir nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi.


Gulbadanbegim hayoti va ijodi, “Humoyunnoma” asarining adabiy qimmati
Boburiylar tomonidan XVI asrda Hindistonda shakllangan madaniyat va adabiyotning ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri Gulbadanbegimdir. U Bobur xonadonidan chiqqan ayol ijodkorlar orasida otasining tarix (voqea)navislik sohasidagi faoliyatini davom ettirib, XVI asr o’rtalarida Hindiston, Afg’oniston va qisman Movarounnahrda bo’lib o’tgan voqealarni qalamga olib, kelajak uchun muhim xizmat qilgan madaniyat namoyandasidir. Gulbadanbegimning shoiraligi haqida ba’zi ma’lumotlar bo’lsa ham, undan faqatgina «Humoyunnoma» nomli asari yetib kelgan. Bu asarning yagona qo’lyozma nusxasi ma’lum. Bu nusxa Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Bu haqda dastlab ingliz olimi Charlz Riyo xabar bergan va 1879 yilda katalogida uning dunyoda yagona nusxa ekanligini qayd etgan. Riyoning bu ma’lumotiga hozirgacha o’zgarish kiritilgan emas. Asarning qo’lyozmasi 83 varaqdan iborat. Uni ingliz olimasi Annet Beverij ingliz tiliga tarjima qilgan va so’z boshi yozib, chop etdirgan. Ana shu nashr ustida uzoq yillar davomida ishlagan o’zbek olimasi akad. Sabohat Azimjonova 1959 yilda uni o’zbek tiliga tarjimasi bilan faksimilini birga nashr qildirdi. Nashr ko’rsatkichlar va ilova bilan ta’minlangan. Sabohat Azimjonova va N.B.Baykova tomonidan yozilgan so’z boshida asarning topilishi, o’rganilishi, mazmuni va ahamiyati haqida ancha keng ma’lumot berilgan.



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin