O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə3/13
tarix11.12.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#73906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Танлов фан Бобур ва бобурийлар даври

TG’n

Mavzular nomi

Jami soat

Ma`ruza

Amaliy

Seminar

Mustaqil ta`lim

1.

Kirish. “Tanlov fan”ning predmeti, maqsadi va vazifalari. Hindistonda turkiy zabon adabiyot tarixi.

10

2

2

2

4

2.

Bobur – hind turkiyzabon adabiyotining asoschisi.

12

2

2

2

6

3.

Bobur hayoti va ijodi. Boburshunoslik tarixi.

16

2

4

2

8

4

Bobur lirikasining janriy ko’lami. Bobur lirik devonlari nusxalarining ilmiy tavsifi.

18

2

4

4

8

5

“Boburnoma” – memuar janrning nodir namunasi

18

2

4

4

8

6.

“Mubayyin”, “Volidiya” va “Muxtasar” asarlari.

14

2

2

2

8

7.

Bayramxon hayoti va ijodi. Bayramxon devoni nusxalarining ilmiy tavsifi.

12

2

2

2

6

8

Mirzo Komron hayoti va ijodi. Komron devoni nusxalarining ilmiy tavsifi.

12

2

2

2

6

9

Gulbadanbegim hayoti va ijodi, “Humoyunnoma” asarining adabiy qimmati

12

2

2

2

6

10

Forig’iy hayoti va ijodi, lirikasining janriy ko’lami. Diyda hayoti va ijodi. Devoni nusxalari tavsifi.

12

2

2

2

6

11

Johila hayoti va ijodi. Yusuf Faryobiy hayoti va ijodi.

12

2

2

2

6

12

Saminiy-Fahm hayoti va ijodi. Humoyun hayoti va ijodi, lirikasining janriy ko’lami.

12

2

2

2

6

13

Hindiston turkiyzabon adabiyotida zullisonaynlik an’anasi

14

2

2

4

6




Jami

174

26

32

32

84



Asosiy qism, fanning uslubiy jihatdan ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma`ruza) fanni mavzulari mantiquy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo`yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar to`la qamrab olinadi.

Tanlov fan” (“Bobur va boburiylar davri adabiy muhiti”) fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Hindistonda turkiy zabon adabiyot tarixi


Mazkur tanlov fanda ko’zda tutilgan asosiy maqsad Hindistonda turkiyzabon adabiyotning shakllanishi, Bobur va boburiylar davri adabiy muhitini o’rganish, bu adabiy muhit ijokorlari hayoti va ijodiy merosi haqida atroflicha ma’lumot berishdir.
Bobur – hind turkiyzabon adabiyotining asoschisi

Boburning “Hind yurishi”ga qadar Hindistondagi ijtimoiy-ma’naviy muhit. Hindistonada turkiy adabiyotning paydo bo’lishi, shakllanishi, turkiyzabon ijodkorlar. Bhaqtiy va turkiyzabon adabiyotida mushtrak mavzular. Hindiston turkiygo’y shoirlarining lirikasi, badiiyati va qo’lyozma manbalar tavsifi.




Bobur hayoti va ijodi. Boburshunoslik tarixi
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, faoliyati va merosini o’rganish XVI asrning avvalidan boshlangan edi. Boshqacha qilib aytganda, bu qutlug’ ishni Z.M.Boburning o’zi «Boburnoma»da boshlab bergan edi. Shundan so’ng Movarounnahr, Afg’oniston va Hindistonda yozilgan tazkira va tarixiy asarlarda Bobur haqida ma’lumot berish kuzatiladi. Bu jihatdan Boburning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma», Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» kabi asarlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Chunki bu mualliflar Bobur bilan bevosita muloqotda bo’lib, uning faoliyati, shaxsiyati va fazilatlari to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni keltirganlar. Bunday ma’lumotlar shu asrda Buxoroda Hasanxoja Nisoriy tomonidan yozilgan «Muzakkiri ahbob» da ham bor. Hindistonda Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon hukmdorligi davrida yaratilgan tarixiy asarlar va tazkiralarda Bobur haqida ham ma’lumotlar keltirilgan («Akbarnoma» va boshqalar).
Keyinchalik, xususan, XVII asrdan boshlab, Bobur hayoti, faoliyati va merosi bilan qiziqish Evropada ham jonlanib ketdi. Uning «Boburnoma»siga bo’lgan ehtirom tufayli XIX asrda u ingliz (Elfinston, Erskin, Beveridj), frantsuz (Pave de Kurteyl) tillariga tarjima qilinib bosildi. Rus olimi N.Ilminskiy esa «Boburnoma»ning asl nusxasini nashr ettirdi. Bunday hol XX asrda ham davom etdi. Jumladan, frantsuz adibi Fernand Grenard «Bobur», Amerikalik yozuvchi Harold Lamb «Bobur-sher» asarlarini yaratdilar. Fernand Grenardning asari keyinchalik nemis (1931 y.) va turk tillariga (1970 y.) tarjima qilinib, nashr ettirildi. «Boburnoma»ning bevosita o’zbek tilidan frantsuz (Bake Grammon, 1980y.) va ingliz (V.M.Sekston, 1996 y.) tillariga yangi tarjimalari maydonga keldi.
Afg’onistonlik olima Shafiqa Yorqin Bobur she’riy merosining nisbatan to’liq nusxasini tuzib, katta tadqiqot bilan birga 1983 yilda «Devoni Zahiriddin Bobur» nomi bilan Kobulda nashr ettirdi. Rus olimasi I.V.Stebleva Bobur she’riyati (g’azallari) ga oid risolasini yaratdi.
XX asrning 20-80 yillari orasida mamlakatimiz-O’zbekistonda ham Bobur hayoti, faoliyati va merosini o’rganish sohasida ma’lum ishlar amalga oshirildi: 3-jildlik asarlari nashr ettirildi, tadqiqotlar yaratildi. Bu sohada Yahyo G’ulomov, Vohid Zohidov, Homil Yoqubov, Porso Shamsiev, Sabohat Azimjonova, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Saidbek Hasanov, B.Valixo’jaev va boshqalarning katta hissasi bor. Pirimqul Qodirov, Barot Boyqobilovlar esa Bobur haqida roman va dostonlar yaratdilar.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, Bobur va uning boy merosiga milliy istiqlol g’oyasi asosida munosabat bildirilmoqda; oldin nashr ettirilmagan asarlari, jumladan, «Mubayyin», to’liq nashr ettirilmoqda. Boburshunoslik sohasidagi ishlar yanada rivojlanib bormoqda. Bu jihatdan Xalqaro Bobur jamg’armasining tuzilgani va uning serqirra faoliyati alohida e’tiborga molikdir.



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin