YaF=SST-IT,
bunda
:
YaF - yalpi foyda, SST - sotishdan olingan sof tushum, IT - sotilgan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2) asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda.
AFF=YaF-DX+BD-BZ,
bunda:
AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda, DX - davr xarajatlari, BD -
asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, B3 - asosiy faoliyatdan
ko‘rilgan boshqa zararlar.
3) xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar).
72
UF=AFF+MD-MX,
bunda:
UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD - moliyaviy
faoliyatdan daromadlar; MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari.
4) soliq to‘languncha olingan foyda.
STF=UF+FP-F3,
bunda:
STF - soliq to‘langungacha olingan foyda; FP - favqulodda vazi-
yatlardan olingan foyda; F3 - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar.
5) yilning sof foydasi.
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF - sof foyda; DS - foydadan to‘lanadigan soliq; BS - boshqa
soliqlar va to‘lovlar.
Jami daromaddan chegirmalar.
Soliq to‘lovchining xarajatlari soliq
solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi. Xarajatlar
haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davrda
chegiriladi. Soliq kodeksining 141-moddasiga muvofiq xarajatlar
chegiriladigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi.
Chegirib tashlanadigan xarajatlarga moddiy xarajatlar, mehnatga
haq to‘lash xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari hamda Soliq
kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan boshqa xarajatlar kiradi.
Soliq solinadigan bazaga kiritiladigan, ya’ni chegirilmaydigan
xarajatlarga quyidagilar kiradi:
moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha
yo‘qotishlar va buzilishlar;
xodimlarga beriladigan yoki soliq to‘lovchining umumiy
ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi xo‘jaliklar tomonidan ishlab
chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narxdagi farqlar
(zararlar);
belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar (xizmat safarlari,
vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta
mukofotlari (badallari);;
nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar;
xo‘jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
umumiy ovqatlanish korxonalari yoki boshqa chet tashkilotlarga
joylarni bepul berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun
kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash;
73
yillik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq
auditdan o‘tkazish xarajatlari;
soliq to‘lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar
bo‘yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari;
jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari
hisoblanadigan soliq to‘lovchining xarajatlari;
dala ta’minoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy
avtotransportdan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan
normalardan ortiqcha to‘langan to‘lovlar;
pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat
faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar;
xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam (xodimning mehnatda
jarohatlanishi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast
yetkazilishi yoxud xodim oila a’zosining vafoti munosabati bilan
beriladigan yoki xodimning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga
beriladigan moddiy yordam bundan mustasno);
mehnatda mayib bo‘lganlik, kasb kasalligi yoxud mehnat
vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha
shikastlanishi sababli xodimlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan
to‘lovlar;
ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalariga,
madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish,
jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muassasalariga, mahalliy
davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga badallar, homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar;
ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan sog‘liqni
saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlariga xarajatlar;
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni
(xizmatlarni) (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari,
qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa turdagi ishlar)
bajarishga sarflangan xarajatlar;
atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik
qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lganligi uchun
kompensatsiya to‘lovlari;
kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan
stavkalardan ortiqcha to‘lov muddati o‘tgan hamda uzaytirilgan kreditlar
(zayomlar) bo‘yicha foizlar;
loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni,
shuningdek, obyekt yonidagi omborga tashib keltirilguniga qadar yuz
74
bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar,
korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish o‘tkazish
(asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari, ushbu xarajatlarni
kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar bo‘lgan mahsulot
yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga
o‘rnini qoplash mumkin bo‘lmagan miqdordagi boshqa shunga o‘xshash
xarajatlar;
sud chiqimlari;
aybdorlari aniqanmagan o‘g‘irliklar va kamomaddan yoki aybdor
tomon hisobidan zarur summalarning o‘rnini qoplash mumkin
bo‘lmaganda ko‘rilgan zararlar;
soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulkining
(aktivlarining) chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) ko‘rilgan
(buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
aniqlanadigan) zararlar. Quyidagi zararlar bundan mustasno:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul
topshirishdan ko‘rilgan zararlar,
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining texnik vositalarini bepul topshirishdan hamda ulardan bepul
foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlar;
uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya
qilishdan ko‘rilgan zararlar.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, davlat ishonchli
boshqaruvchilari va davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha ishonchli
boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda ularga mukofotlar
to‘lashga doir xarajatlar.
ishlatib kelinayotgan to‘liq eskirgan asbob-uskuna uchun
to‘lanadigan haq.
Soliq kodeksining 161-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchi ko‘rilgan
zararlarni ushbu zarar ko‘rilgan soliq davridan keyingi besh yil ichida
kelgusiga taqsimlab o‘tkazishni amalga oshirishga haqlidir.
Soliq kodeksining 142–146-moddalarida nazarda tutilgan,
chegirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi
zarar, deb e’tirof etiladi.
O‘tgan soliq davrida yoki o‘tgan soliq davrlarida zarari (zararlari)
bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining to‘lovchilari
joriy soliq davrining soliq solinadigan foydasini ko‘rilgan zararning
to‘liq summasiga yoki bu summaning bir qismiga kamaytirishga
haqlidir.
75
Taqsimlab o‘tkazilayotgan zararning har bir navbatdagi soliq
davrida hisobga olinadigan jami summasi joriy soliq davrining hisoblab
chiqarilgan soliq solinadigan foydaning 50 foizidan oshmasligi kerak.
Soliq solinadigan foyda taqsimlab o‘tkazilishi kerak bo‘lgan zarar
summasi miqdoriga faqat yil yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin.
Birdan ortiq kalendar yilda ko‘rilgan zararlar ular ko‘rilgan ketma-
ketlikda taqsimlab o‘tkaziladi.
3.1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |