65
1995-yil 1-yanvardan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini
kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan
olinadigan soliq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda soliq to‘lovchilarning
ayrim toifalari (tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, kino-konsert
faoliyatini olib boruvchi muassasalar, ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil
etuvchi korxonalar, birja va boshqa shu kabi korxonalar) uchun daromad
solig‘i va yalpi daromad solig‘ini to‘lash tartibi saqlab qolindi.
Amaldagi Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga
kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy
manbalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: