59
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda
qat’iy
belgilangan soliq;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar.
O‘zbekiston Respublikasida soliq ti-
zimining huquqiy asoslari, soliq to‘lov-
chilarning
huquqlari hamda majburiyatlari,
soliq ishlarini yuritish tartiboti va soliq
haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik
uchun javobgarlik Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat
soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni va shu kabi
bevosita soliqqa oid
boshqa qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi.
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun
hujjatlaridan o‘rin olgan normalari Soliq kodeksiga muvofiq bo‘lishi
lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq
kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa,
unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda
qo‘llaniladi.
Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan
mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi,
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy
mavqeyidan qat’iy nazar qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi.
Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tovar (ish,
xizmat) larning yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi
hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita
cheklab qo‘yishi yoxud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini
boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin
emas. Olingan manbalaridan qat’iy nazar barcha daromadlarga soliq
solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda
esa albatta ijtimoiy adolat
prinsiplariga rioya etilishi kerak.
Soliq kodeksining 31-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilar
quyidagi huquqlarga ega:
davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan
amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida axborot olish.
Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari ro‘yxatdan
o‘tgan quyi Davlat soliq
xizmati organlariga borib, byudjet oldidagi o‘z
majburiyatlarini xatolarsiz bajarish maqsadida tegishli axborotlarni yoki
maslaxatlarni bepul olish imkoniyatlariga ega.
Soliq kodeksida, boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlarida belgilab qo‘yilgan asoslar mavjud bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: