66
o‘rinlar ochish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish hamda ish va
xizmatlar ko‘rsatish uchun yanada keng moliyaviy imkoniyat yaratadi.
Soliq kodeksiga ko‘ra yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘-
lovchilari bo‘lib, O‘zbekiston Respubli-
kasining rezidentlari hamda O‘zbekiston
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa
orqali amalga oshirayotgan
yoki hosil bo‘lish manbayi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
daromadlarni oladigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan
yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo soliqqa tortishning alohida tartibiga
o‘tgan
korxonalar, jumladan, yagona soliq to‘loviga o‘tgan mikrofirma va
kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, yagona yer
solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilar bu soliqni
to‘lovchisi hisoblanmaydi. Ular o‘zlari uchun
ixchamlashtirilgan soliqni
to‘laydilar. Bulardan tashqari tadbirkorlik faoliyatining faqat alohida
turlariga qat’iy stavkada soliq to‘lovchilar ham bu soliqni to‘lovchilari
hisoblanmaydi.
Yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-
kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot
tarmoq korxonalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga binoan
markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun,
energetika, neftgaz-xolding kabi tarmoq korxonalari).
Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilarni rezidentlar
va norezidentlarga ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti, deb O‘zbekiston
Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan
yuridik shaxslar
O‘zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan
foyda solig‘iga tortiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari esa, faqat O‘zbekiston
Respublikasida faoliyat ko‘rsatishdan olgan daromadlari bo‘yicha
soliqqa tortiladilar.
Rezidentlar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchilar bo‘lsa,
norezidentlar
faoliyati Respublikada vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi.
Yuridik shaxslar foyda solig‘i to‘lovchilari bo‘lishi uchun quyidagi
shartlarga javob berishi kerak:
ruxsat etilgan faoliyatdan foyda olishi (qonunchilik bilan
ta’qiqlangan faoliyatdan tashqari);
o‘zining mol-mulkiga ega bo‘lishi;
mustaqil tugallangan buxgalteriya balansiga ega bo‘lishi;
Dostları ilə paylaş: