Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliq tizimining huqu-
qiy asoslari, soliq to‘
-
lovchilarning huquq 
va majburiyatlari 


60
taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
imtiyozlardan foydalanish. 

byudjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar summasini qaytarish to‘g‘risida yozma ariza bilan murojaat 
qilish. 
Amaliyotda shunday holatlar uchraydiki, gohida soliq 
to‘lovchilarning o‘zlari, gohida esa soliq idoralarining ongli xarakatlari 
tufayli soliqlar va yig‘imlardan ortiqcha to‘lovlarni undirish amalga 
oshiriladi, ayniqsa, chorak yakuni yoki moliyaviy yil yakunlanayotgan 
vaqtda ayrim soliq turlaridan prognoz-rejalarni bajarish maqsadida 
korxonalarning bankdagi hisob raqamlaridan inkassa topshiriqnomasi 
orqali qonunchilikka zid ravishda majburiy undirish holatlari ko‘p 
uchrashi mumkin. Byudjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 kun muddat 
ichida soliq to‘lovchilarga qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va 
yig‘imlardan qarzi mavjud bo‘lgan holda o‘sha qarzni qoplash 
imkoniyati paydo bo‘ladi. 

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjet oldidagi 
o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud 
ma’lumotlar bilan tanishish. 
Ushbu bandga muvofiq soliq to‘lovchilar quyi soliq idoralariga 
berilgan soliq turlari bo‘yicha belgilangan prognoz-reja va shu kabi 
xo‘jalik va moliyaviy faoliyatlariga tegishli bo‘lgan soliqqa tortish 
masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatlariga 
egadirlar. 

soliq organlari o‘tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va 
tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi 
bo‘lgan taqdirda soliq organiga o‘zining yozma e’tirozlarini o‘n kunlik 
muddat ichida taqdim etish. 
Soliq to‘lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan tekshirilganda 
aniqlangan xato va kamchiliklar, qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar to‘g‘risida 
tuzilgan dalolatnoma korxona mansabdor shaxslariga (bosh 
hisobchisiga) tanishtirilishi shart. Tekshirish natijalarini korxona 
rahbariyati nohaq, deb hisoblashi hamda e’tiroz bildirishi ham mumkin. 
Bunday holatda, soliq to‘lovchi soliq idorasi rahbariyati nomiga yoxud 
yuqori soliq idoralariga yozma murojaat qilishlari mumkin. Soliq 
idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo‘lib, ushbu komissiya 
tomonidan soliq to‘lovchilarning yozma e’tirozlari bir oy muddat ichida 
ko‘rib chiqiladi va natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda 
tekshirish natijasida soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘shimcha hisoblangan 


61
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy jarimalarni 
byudjetga undirish to‘xtatilmaydi. 

soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining 
xatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat 
qilish. 
Soliq organlari o‘zlariga berilgan vakolot doiralarida qabul qilgan 
qarorlari ayrim hollarda soliq to‘lovchilarning e’tirozlarini keltirib 
chiqarishi mumkin yoki ular mansabdor shaxslarining xatti-xarakatlarini 
soliq to‘lovchi qonunga zid deb hisoblashlari va ularga barham berish 
maqsadida yuqori soliq organlari (Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat soliq 
boshqarmalari)ga yoxud sudga shikoyat bilan da’vo qilishlari mumkin. 
Bunday holat amaliyotda ba’zida uchrab turadi. 

soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan 
xatolarni mustaqil ravishda tuzatish. 
Soliq to‘lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq idoralariga 
qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so‘ng xato va 
kamchiliklarni aniqlashsa, uni qayta tuzatib darhol soliq idoralariga 
qayta topshirishlari lozim bo‘ladi. Aks holda, qonun oldida javob 
berishga to‘g‘ri keladi. 
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 
Soliq kodeksining 32-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilar 
quyidagi majburiyatlarga egadirlar: 

belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro‘yxatdan 
o‘tish, pochta manzili o‘zgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda ham), bu haqda soliq organlarini o‘n 
kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish. 
Soliq to‘lovchilar amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat 
ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng albatta quyi soliq idoralaridan ham 
ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli ravishda soliq to‘lovchining identifikatsion 
raqami (STIR)ni olishi shart. Soliq to‘lovchining identifikatsion raqami 
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan markazlashgan tartibda ro‘yxatga 
olinadi va soliq to‘lovchilarga quyi soliq idoralari tomonidan beriladi. 

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tegishli summasini o‘z 
vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash. 
Soliq to‘lovchilar hisobot davrida hisoblangan soliqlar va 
yig‘imlarni o‘z vaqtida, to‘liq miqdorda byudjetga to‘lab berishlari shart. 
Aksincha, soliq idoralari tomonidan o‘z vaqtida byudjetga 
o‘tkazilmagan soliqlar va yig‘imlar summasiga nisbatan har bir 
kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya (moliyaviy jarima) 


62
hisoblanadi. Hisoblangan penya miqdori korxonaning sof foydasi 
hisobidan qoplanadi.

buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga 
muvofiq yuritish. 
Korxona o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini 
yuritishda qonunchilik bilan belgilab berilgan hisob va buxgalteriya 
hisobi hujjatlarini yuritishga majburdir. Korxonada buxgalteriya hisobini 
yuritish tegishli qonunchilik normalari asosida amalga oshiriladi. 

moliyaviy hisobotni, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yoki 
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda soliq organlariga taqdim etish. 
Soliq to‘lovchilar har bir soliq turi bo‘yicha hisob-kitoblarini 
belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan soliq idoralariga taqdim 
etadi. Aks holda, korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan 
moliyaviy va ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi.

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash 
bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni, shuningdek, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni 
soliq organlariga taqdim etish. 
Soliq to‘lovchilarga Soliq kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qarorlarida yoki boshqa qonun hujjatlarida soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlardan imtiyozlar ko‘zda tutilgan holda, ular imtiyoz 
olish huquqini tasdiqlovchi tegishli qonun hujjatlarini quyi soliq 
idoralariga taqdim etishi shart. Imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat 
mavjud bo‘lgandagina ular imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. 

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash 
masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarini 
daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bog‘liq 
binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish. 
Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika 
kengashining tekshiruv rejasiga asosan Davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyati tekshirilganda korxonalar soliqqa 
tortish obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha obyektlarini ko‘zdan 
kechirishga va bundan tashqari tekshirishga sharoit yaratib berishlari 
lozim. Aks holda, soliq idoralarining qonuniy talablari bajarilmagan 
hisoblanadi va ularga nisbatan qonunchilikda ko‘zda tutilgan tegishli 
jazo choralari qo‘llaniladi.

soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish 
hollarini bartaraf etish to‘g‘risidagi talablarini bajarish.


63
Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida 
aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yoki ularning boshqa 
vakolot doirasidagi qonuniy talablari soliq to‘lovchilar tomonidan 
bajarilishi majburiydir.
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z 
zimmalariga yuklatilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega 
bo‘lishlari mumkin. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin