Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliq to‘lovchilar tar-
kibi, soliq obyekti
va 
soliq bazasi


67
Jami daromadlar tar-
kibi, jami daromad-
dan chegirmalar

bankda hisob-raqamiga ega bo‘lishi; 

identifikatsion raqamga ega bo‘lishi; 

mahalliy hokimiyat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi. 
Umumiy tartib bo‘yicha yuridik shaxslar qayd etilgan shartlarga javob 
bersagina foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. 
Soliq kodeksining 127-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ining obyekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni 
doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi 
norezidentlarining foydasi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentlarining va O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining 
chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbayida soliq solinadigan 
daromadlari hisoblanadi. 
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan 
xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida, Soliq kodeksining 158-moddasining 
ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda Soliq 
kodeksining 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning 
kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan 
soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. 
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i 
bo‘yicha soliqni to‘liq, to‘g‘ri aniqlash 
(hisoblash) uchun ularning jami 
daromadlari tarkibiga nimalar kirishini 
mukammal o‘rganish zarur bo‘ladi. 
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga ular tomonidan 
olinishi lozim bo‘lgan (olingan) ortilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, 
ko‘rsatilgan xizmatlar haqlari kabi pul va bepul (tekin) qaytarmaslik 
sharti bilan olingan mablag‘lar kiradi. Demak, olingan kreditlar jami 
daromadga kirmaydi. 
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan daromadlar; 

boshqa daromadlar
.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu 
jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va 
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq chegirib tashlangan holda 
olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan 
olinadigan daromaddir. 


68
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan 
tushum yuklab jo‘natilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan 
xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni jo‘natish, ishlarni 
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida 
belgilanadi. 
Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar 
uchun tushum deyilganda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim 
bo‘lgan haq summasi tushuniladi. 
Nashriyot va tahririyatlar uchun gazeta va jurnallarni realizatsiya 
qilishdan olingan tushum ularda reklamani joylashtirishdan olingan 
daromadlar kiritilgan holda aniqlanadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish 
imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga 
foydalanishga berish, shuningdek, talab qilish huquqidan boshqa 
shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu 
daromadlar summasi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan 
olingan daromadlarning umumiy summasidan ortiq bo‘lsa, xizmatlarni 
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, deb e’tirof etiladi. Mazkur 
norma notijorat tashkilotlarga tatbiq etilmaydi, ular uchun ushbu 
daromadlar boshqa daromadlar sifatida qaraladi. 
Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, 
loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) bo‘yicha, shuningdek, 
obyektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chog‘ida shartnomaviy 
baholardan kelib chiqib haq to‘lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim 
etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) va 
tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i 
kiritilmagan qiymati daromadga qo‘shiladi. 
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan 
bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni 
hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek, tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum 
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki tovarlar olingan 
baho asosida (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan 
holda) aniqlanadi. Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi 
nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan 
olinadigan tushum belgilangan baholar (tariflar) asosida aniqlanadi. 
Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chi-
qarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan 
olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilardan iborat: 


69

soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib 
ketishidan olinadigan daromadlar;

mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;

asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga ber-
ishdan olinadigan daromadlar;

tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek, ishlar va 
xizmatlar;

inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy 
zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;

hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar;

majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar. 
Bunga da’vo muddati o‘tgan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar hamda 
sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan 
chiqarilgan majburiyatlar kiradi. 

talablardan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi 
bo‘yicha olingan daromadlar;

ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini 
qoplash tarzidagi daromadlar;

xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;

birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;

undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va 
penya, shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida qarzdor 
tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar va penya;

kursdagi ijobiy farq;

dividendlar va foizlar;

royalti;

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya 
qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa 
daromadlar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan boshqa daromadlar 
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi chegirilgan holda aniqlanadi.
Notijorat tashkilotlari uchun yuqorida keltirilgan boshqa daro-
madlarga soliq solinmaydi, bundan dividendlar va foizlar, royalti hamda 
birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar 
mustasno. 
Soliq to‘lovchining qiymati chet el valutasida ifodalangan 
daromadlari milliy valutada olingan daromadlar bilan jamlangan holda, 
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda hisobga olinadi. 


70
Soliq kodeksining 129-moddasiga ko‘ra quyidagilar soliq 
to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi: 

ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan 
aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal 
qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi 
faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha 
birlashtiriladigan mablag‘lar;

muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqari-
layotganda), yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori 
kamaytirilganda, shuningdek, tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-
mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanayotganda 
ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablag‘lar (mol-
mulk yoki mulkiy huquqlar);

oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shart-
noma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib 
berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, hissasi miqdorida 
olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa 
shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-
mulk yoki mulkiy huquqlar);

qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni ta’minlash tariqasida 
garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy 
huquqlar) ularga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tadigan paytga 
qadar;

byudjetdan berilgan subsidiyalar;

agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa 
shaxsga o‘tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan 
mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;

olingan grantlar va insonparvarlik yordami;

notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va 
uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va 
(yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar;

sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta sum-
masi) tariqasida olingan mablag‘lar;

vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq 
shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan boshqa 
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, 
shuningdek, komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi 


71
yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash 
hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq to‘lovi bundan mustasno);

ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) ijara (lizing) to‘lovining qismi 
tariqasida olgan moliyaviy ijara (lizing) obyekti qiymatining qoplamasi;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari 
tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek, mazkur 
vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir 
xizmatlardan olingan daromadlar;

ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti muassislaridan 
(ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan 
mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan mud-
datlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va 
faoliyat qayta boshlangan taqdirda, ushbu mablag‘lar jami daromad 
tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;

investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat 
organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari 
sifatida kiritilayotgan mol-mulk. 
O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbayida soliq solinadigan 
dividendlar va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi. 
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi O‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi «Mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi 54-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan Nizom bilan aniqlanadi va quyidagi ketma-ketlikdagi 
ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: 
1) mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin