93
cheklangan normatividan ko‘pi bilan 30
foiz oshgan miqdorda mehnat
shartnomalari tuzganda, kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan
kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar mazkur korxona uchun saqlanib
qolinishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yilning 28-
iyuldagi «Ta’lim mussasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga
jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4232-
sonli farmoniga muvofiq, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan
respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band
xodimlarning o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida
belgilangan
cheklangan normativdan ko‘pi bilan 20 foiz oshirilgan hollarda,
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar,
kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi
«Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-
1529-sonli qarori bilan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha
yengilliklar berildi. Ushbu qarorga ko‘ra, 2011-yilning 1-iyunidan
boshlab, plastmassa, lak-bo‘yoq mahsulotlari, maishiy-kimyo va
poyabzal ishlab chiqarish, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslarni
ta’mir qilish va boshqa korxonalarda (ro‘yxat bo‘yicha jami 44 faoliyat
turi) xodimlarning o‘rtacha yillik chegara soni 50 tadan 100 taga
oshirildi.
Soliq kodeksining 351-moddasiga muvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan
mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish
uchun keyingi hisobot davri boshlanishiga kamida bir oy qolganda,
yangi
tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar esa, davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmasdan soliq
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini yagona soliq
to‘lovini to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor
etadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini
to‘lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda hisobot davri
tugaganidan so‘ng o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga
taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan
boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tadi.
Hisobot yili tugashi bilan xodimlar soni
mezoniga mos kelmaydigan
yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga yillik
moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim
94
etiladigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot yilidan boshlab
umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tadi. Yagona soliq to‘lovini
to‘lovchilar yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqidan mahrum bo‘lgan
o‘tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha hisob-
kitoblar asosida yagona soliq to‘lovi yuzasidan qayta hisob-kitobni
amalga oshiradi.
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazish uchun
yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq
to‘lovi hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay soliq
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga
quyidagilarni taqdim etadilar:
belgilangan shaklda va tartibda umumbelgilangan soliqlarning har
bir turi bo‘yicha hisob-kitoblarni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
belgilangan shaklda hisoblab chiqarilgan umumbelgilangan soliqlar
summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani.
Umumbelgilangan soliqlar summasi hisoblangan yagona soliq
to‘lovi summasidan oshib ketgan taqdirda oshgan summa byudjetga
to‘lanishi lozim. Hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasi
umumbelgilangan soliqlar summasidan oshib ketgan taqdirda,
byudjet
bilan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilmaydi. Yagona soliq to‘lovi
bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
sotib oluvchilar bilan tegishli qayta hisob-kitoblarsiz amalga oshiriladi.
Agar hisob-kitoblar va ma’lumotnoma:
yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini taqdim
etish muddatidan kechiktirmay taqdim etilsa, moliyaviy sanksiyalar
qo‘llanilmaydi;
yil yakunlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini taqdim
etish muddatidan kechiktirib taqdim etilsa, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan yagona soliq to‘lovini
to‘lovchilar kamida o‘n ikki oydan so‘ng yagona soliq to‘lovini
to‘lashga qayta o‘tishga haqlidir.
Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni
to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga
o‘tgan birinchi chorak uchun foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni
to‘lashdan ozod qilinadi.
Agar yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i
solinadigan oborotni amalga oshirsalar, qo‘shilgan qiymat solig‘ini
ixtiyoriy asosda to‘lashlari mumkin. Yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat
solig‘ini to‘lashga o‘tish uchun hisobot davri boshlanishidan kamida bir