107
2007-yil 1-yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga
o‘tkazildi.
Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
jumlasiga
savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat
o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lgan
yuridik shaxslar kiradi.
Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya
qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma
do‘konlari
orqali realizatsiya qilish;
vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq
shartnomasi bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish,
shu jumladan davlat
daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;
tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan
tovarlarni realizatsiya qilish.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya,
shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotini
tayyorlash, realizatsiya
qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat
tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 349-moddasiga
muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to‘lov manbayida
soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari
hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi:
to‘lov manbayida undiriladigan foyda solig‘i;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan
bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan
qiymat solig‘i;
aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda
solinadigan aksiz
solig‘i;
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
bojxona to‘lovlari;
yagona ijtimoiy to‘lov;
davlat bojlari;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
108
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan
olinadigan yagona
soliq to‘lovi respublikamiz davlat byudjetining daromad manbayi
hisoblanib, uning salmog‘ini yillar bo‘yicha tahlil etganda quyidagicha
holatni kuzatish mumkin, ya’ni 2004-yilda
byudjet daromadlaridagi
uning salmog‘i 2,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yilda 1.8 foizni
tashkil etgan holda 1,1 foizli punktga kamaygan. 2006–2012-yillarda esa
uning ulushini oshganini ko‘rish mumkin, jumladan, uning salmog‘i
ushbu yillarda mos ravishda 1,8; 2,0; 2,2; 3,4 foizni tashkil etgan. 2017-
yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti
daromadlarining 3,6 foizini tashkil etmoqda (3.2.2-diagramma).
Dostları ilə paylaş: