104
Korxona arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi
(haqqoniyligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
To‘lash muddatini kechiktirish huquqi korxonaga korxona davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi.
Misol uchun, agar korxona davlat ro‘yxatidan 15- yoki 25-yanvarda
o‘tkazilgan bo‘lsa, mazkur korxonaga soliqni to‘lash muddatini
kechiktirish huquqi joriy yilning 1 yanvaridan keyingi yilning 1-
yanvarigacha bo‘lgan davrga beriladi.
Korxonaning xohishiga ko‘ra soliqni to‘lash muddatini kechiktirish
huquqi uning yozma arizasiga asosan bir yildan kam bo‘lgan muddatga
berilishi mumkin. Korxona to‘lash muddatini
kechiktirish huquqi
berilgan davrda boshqa soliq rejimiga o‘tganida, o‘tgan paytidan
boshlab korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqidan mahrum
bo‘ladi va unda qonunga muvofiq soliqlar, yig‘imlar va
boshqa majburiy
to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar vujudga keladi.
To‘lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechiktirilgan to‘lov
summasini so‘ndirish huquqi berilgan davrda korxona tugatilsa, to‘lash
muddati kechiktirilgan to‘lov summasi qonunda nazarda tutilgan tartibda
to‘lanadi.
To‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan korxona tuman
(shahar) davlat soliq inspeksiyasiga
belgilangan tartibda, hisobot
choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar yagona soliq to‘lovining
hisob-kitobini taqdim etadi. Bunda korxona yagona soliq to‘lovi hisob-
kitobining o‘ngdagi yuqori burchagiga «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli
farmoniga muvofiq
to‘lash muddati kechiktirilgan» belgisini qo‘yadi. Agar to‘lash
muddatini kechiktirish huquqini berish muddati chorak oxiriga qadar
tugasa, ushbu davrlar uchun yagona soliq to‘lovining summasini
aniqlash uchun korxona davlat soliq xizmati organlariga yagona soliq
to‘lovi hisob-kitobining belgilangan shakli bo‘yicha yagona soliq to‘lovi
bo‘yicha ma’lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi.
Misol uchun, agar to‘lash muddatini
kechiktirish huquqining
muddati 1 iyunda tugasa, korxona tuman (shahar) davlat soliq
inspeksiyasiga aprel va may oylari uchun yagona soliq to‘lovining
ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etadi, iyun oyi uchun yagona soliq
to‘lovining hisob-kitobi esa 25-iyulga qadar taqdim etadi.
Muddati kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish 12 oy
davomida, to‘lash muddatini kechiktirish
huquqini berishning
belgilangan muddati tugashidan so‘ng boshlanadigan oyning 1-kunidan
boshlab, keyingi yilning o‘sha oyi 1-kunigacha teng ulushlar bilan
(to‘lanadigan yagona soliq to‘lovining hisoblab yozilgan yillik
105
summasining kamida o‘n ikkidan bir qismi hisobida) amalga oshiriladi.
Bunda muddati kechiktirilgan to‘lovni to‘lash har bir oyning 25-kuniga
qadar bajariladi.
To‘lovchining xohishiga qarab qarz summasi muddatidan avval
so‘ndirilishi mumkin. Bunda to‘lash muddati kechiktirilgan to‘lovni har
oyda to‘lash miqdori to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi
hisoblab yozilgan
yillik summasining o‘n ikkidan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida
taqdim etilmagan taqdirda, shuningdek, muddati kechiktirilgan to‘lov
summasi o‘z vaqtida so‘ndirilmaganda korxonaga nisbatan qonunga
muvofiq moliyaviy jazo qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: