103
Yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
olingan tushum soliq
to‘lovchining yalpi tushumiga to‘liq miqdorda qo‘shiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining
summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq
yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yagona soliq
to‘lovini to‘lash chog‘ida hisobga olinadi.
To‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi
yoki chet elda soliq to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa
hujjat chet
elda to‘langan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun asos
bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning 2005-yil 20-iyundagi «Mikrofirmalar
va kichik korxonalarni rivojlantirishni
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-sonli
farmoniga muvofiq
yangi tashkil etilgan
mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash
muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi belgilangan. To‘lashni
kechiktirish yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq majburiyatini to‘lash
muddatini muayyan muddatga ko‘chirishni anglatadi.
To‘lash muddatini kechiktirish huquqini olish uchun korxona,
yagona soliq to‘lovini to‘lashning birinchi muddati boshlanishiga ko‘pi
bilan 15 kun qolganda, unga to‘lash muddatini
kechiktirish huquqini
berish to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga
belgilangan shaklda ariza topshiradi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi to‘lash muddatini
kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi arizani ariza kelib tushgan
kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi, so‘ngra to‘lash
muddatini kechiktirish yoki rad etish to‘g‘risida
qaror chiqarib,
korxonaning taqdim etilgan arizasiga qabul qilingan qaror natijasining
tegishli belgisini qo‘yadi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining rad etish to‘g‘risidagi
qarori quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi
ariza
belgilangan shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa;
to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza
belgilangan muddatdan keyin topshirilsa;
korxona yagona soliq to‘lovining to‘lovchisi hisoblanmasa.
Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini
boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: