116
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy
hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.
O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan
va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yagona yer
solig‘ini to‘lovchilar sifatida qaralmaydi.
Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun soliq to‘lovchi
har yili joriy soliq davrining 1-fevraliga qadar soliq bo‘yicha
hisobga
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o‘tgan soliq davrida
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy
hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi
yetishtirgan va qayta
ishlagan ulushi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning
umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va
qayta ishlagan ulushini aniqlashda Soliq kodeksining 132-moddasida
nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi.
Agar o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha yagona yer solig‘i
to‘lovchi belgilangan
shartlarga javob bermasa, joriy soliq davrining
boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq
to‘lovini to‘lashga o‘tishi kerak.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga
kiradigan soliq
to‘lovchi belgilangan shartlarga javob bermay qo‘ygan soliq davridan
keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organiga
soliq solish tartibini tanlash to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etadi.
Soliq to‘lovchining yozma bildirishni
belgilangan muddatda taqdim
etmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga roziligi deb
hisoblanadi.
Yagona yer solig‘ini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni
to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga
o‘tgan soliq davrining birinchi choragi
uchun yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod
qilinadi.
Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga
o‘tgan yagona yer solig‘ini to‘lovchi faqat navbatdagi soliq davri
boshidan boshlab yana yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqlidir.
Belgilangan shartlarga javob beradigan qishloq xo‘jaligi tovarlari
ishlab
chiqaruvchilar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va
ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari faoliyatning yagona
yer solig‘ini to‘lash tatbiq etiladigan qismi bo‘yicha soliq solishning
boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas.