137
byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va in-
novatsiya ishlari;
shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu
jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek, temir yo‘l va
umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan
yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda
yo‘lovchilar tashish xizmatlari;
oliy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida,
shuningdek, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta’lim berishning
haq evaziga
o‘qitishga doir qismi bo‘yicha xizmatlar;
tibbiy (veterinariya) xizmatlari (kosmetologiya xizmatlari bundan
mustasno), dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan
buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan
realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar;
chet el havo kemalariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bevosita
O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O‘zbekiston
Respublikasining havo bo‘shlig‘ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu
jumladan aeronavigatsiya xizmati;
sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari,
shuningdek, jismoniy tarbiya va sport
muassasalarining xizmatlari;
gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
geologiya va topografiya ishlari;
bosma mahsulotlar, shuningdek, bosma mahsulotlar ishlab
chiqarish va ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahririy, matbaa va
noshirlik ishlari (xizmatlari);
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga
kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Milliy
axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha
xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan
qarzlar (kreditlar)
yuridik shaxslar oladigan, shuningdek, grantlar
hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan aholiga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza bo‘linmalari
o‘tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari;
o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti;
138
ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlov bo‘linmalari xiz-
matlari;
byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan er-kadastr,
yer tuzish,
tuproq va geobotanika ishlari;
davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralari, ular yangilanayot-
ganda;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining texnika vositalari, shuningdek, mazkur vositalardan foy-
dalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar;
investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha
vakolatli davlat
organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari
sifatida topshirilayotgan mol-mulk;
davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar;
ommaviy axborot vositalarini va kitob mahsulotlarini yetkazib
berish xizmatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra
tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan qurilayotgan
ko‘chmas mulk obyektlari.
Dostları ilə paylaş: