5-mavzu. SOLIQ TO‘LOVCHILAR VA SOLIQ OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH TIZIMI 5.1. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish 5.2.Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish 5.3.Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatlari
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobini yuritish
5.1. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish
Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarning hisobini yuritadi. Soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish ularni hisobga qo‘yish va ular to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarini yuritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilayotganda unga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi hamda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisobga qo‘yish ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestriga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchiga berilgan identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki soliq to‘lovchi bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilganda unga beriladigan raqamdir. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami o‘zgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq to‘lovchiga berilmaydi. Identifikatsiya raqami bir marta beriladi va faqat yuridik shaxsning tugatilishi, jismoniy shaxsning vafoti yoki boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati bilan Soliq voqealar ro‘y bergandan keyin uch yil o‘tgach, bekor qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqamlarini berish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risidaˮgi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reestrini shakllantirish; soliq to‘lovchilarni hisobga olishni tartibga solish; soliqlarning byudjetga tushishini hisobga olish va soliq organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lumotlarni kompyuterda ishlashni joriy etish; soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko‘p tomonlama tekshirilishi, nazorat qilinishini tashkil etish; soliq organlari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, bank muassasalari va moliyaviy tusdagi, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish; daromadlarni, to‘langan soliqlarni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy va boshqa sug‘urta bo‘yicha davlat jamg‘armalariga to‘lovlarni hisobga olishni birxillashtirishni ta’minlashga qaratilgan. Identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining barcha soliq majburiyatlari va barcha ijtimoiy huquqlari bo‘yicha yagona hisoblanadi, uning davlat hokimiyati va nazorat organlari bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi hamda boshqa sug‘urta jamg‘armalaridan to‘lovlar
(mablag‘lar) olish bo‘yicha barcha o‘zaro munosabatlarida qo‘llaniladi va o‘zgartirilmaydi.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami quyidagilarda albatta yozib qo‘yilishi kerak:
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida ularni hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanishga doir litsenziyasida;
cheklardan tashqari, pul bilan hisob-kitob qilinadigan to‘lov hujjatlarida, shuningdek, ularning elektron shaklida; davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy va soliq
hisoboti hujjatlarida; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, fuqarolik-
huquqiy hamda mehnat shartnomalarida; yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan bitimlar tuzganligini
belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan, hisobvaraq-fakturalar hamda transport hujjatlarida; yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda qiymat ifodasiga ega bo‘lgan moliyaviy, mulkiy hamda boshqa majburiyatlar yuzaga kelganligini, shuningdek, ularning bajarilishini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘qqizta raqamli belgidan iboratdir, dastlabki 8 raqam soliq to‘lovchining o‘z raqami, oxirgi raqam esa nazorat sonini tashkil etadi. Shunday qilib, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami tuzilishi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini kodlashtirish uchun seriyali tartib usulidan foydalaniladi.
Bunda soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari barcha to‘plami soliq to‘lovchilarning tiplarini aniqlashtiruvchi ikki turkumlash guruhiga: jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan. Soliq maqsadlarda quyidagi kodlardan foydalanilishi kerak: 20000000X dan 29999999X gacha ‒ yuridik shaxslar uchun; 40000000X dan 79999999X gacha ‒ jismoniy shaxslar uchun; bunda X ‒ soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami sonlari izchilligi to‘g‘riligini nazorat qiluvchi son, Soliq son O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida kompyuter tomonidan soliq to‘lovchiga identifikatsiya raqami berish jarayonida muayyan algoritm bo‘yicha shakllantiriladi. Zarurat bo‘lganda, kodlashtirish tizimi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi kodlar zaxira qilingan: 00000000X dan 19999999X gacha; 30000000X dan 39999999X gacha; 80000000X dan 99999999X gacha.
Soliq to‘lovchi sifatida quyidagilar hisobga qo‘yiladi:
yuridik shaxslar ‒ O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari o‘zlari
joylashgan yerdagi (pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida; yuridik shaxsning soliq majburiyatini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo‘linmalari ‒ alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida; jismoniy shaxslar ‒ O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy
shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida; yuridik shaxslar ‒ O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari ‒ doimiy muassasaning joylashgan yeridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida; mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ‒ O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari ‒ soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida.
Soliq to‘lovchida u hisobga qo‘yilganidan keyin yer solig‘i, mol-mulk solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha majburiyati hisobga qo‘yilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq to‘lovchi soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida obyekt bo‘yicha hisobga qo‘yilishi kerak. Bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi kerak.
Soliq solish maqsadida hisobga olinadigan fuqarolarga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtincha yashab faoliyat ko‘rsatadiganfuqarolar;
"O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida kalendar yilda 183 kundan ko‘proq turgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Soliq majburiyatlari deganda jismoniy yoki yuridik shaxsda daromad olish manbai mavjudligi yoki soliq solishning boshqa obyekti tushuniladi.
yuridik shaxslarga jismoniy shaxslarga, xorijiy
fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
asosiy yashash joyi doimiy yashash joyiga ega
bo‘yicha fuqarolarga, shu bo‘lmagan, biroq soliq
jumladan O‘zbekiston majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga Respublikasi hududida paydo
bo‘lgan fuqarolarga