5-mavzu. Soliq to‘lovchilar va soliq obyektlarini hisobga olish tizimi


Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobini yuritish



Yüklə 60,35 Kb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü60,35 Kb.
#179063
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu. SOLIQ TO‘LOVCHILAR VA SOLIQ OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH TIZIMI

5.5. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobini yuritish
Soliq va yig‘imning har bir turi bo‘yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va yig‘imlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar to‘g‘risida o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin.Soliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usuli qo‘llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‘lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va yig‘imning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek, hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjatidir. Hisobot O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Soliq hisoboti qog‘ozda va elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs – soliq to‘lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‘lovchiga soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo‘lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi. Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchining zimmasiga yuklatiladi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti ham Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari uchun soliq hisobotlarini faqat elektron shaklda taqdim etilish bo‘yicha qoida joriy qilingan. Masalan, Jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar, yuridik shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini esa obyektlar joylashgan joyda hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha taqdim etadilar. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‘lovchida Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanadi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobini yuritish soliq va yig‘imning har bir turi bo‘yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va yig‘imlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar to‘g‘risida o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin. Soliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usuli qo‘llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‘lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.

Yüklə 60,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin