5-mavzu. Soliq to‘lovchilar va soliq obyektlarini hisobga olish tizimi


Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish



Yüklə 60,35 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü60,35 Kb.
#179063
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu. SOLIQ TO‘LOVCHILAR VA SOLIQ OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH TIZIMI

5.2. Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish
Soliq to‘lovchini hisobga qo‘yish soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchini obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish u Soliq Kodeksning
129-moddasida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganidan keyin, agar Soliq Kodeksiga muvofiq soliq to‘lovchida soliq to‘lovchi sifatida hisobga olinmagan joydagi yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Hisobga qo‘yilmagan joyda yer solig‘ini, mol-mulk solig‘ini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash majburiyati o‘zida yuzaga kelgan soliq to‘lovchi mazkur majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan erda hisobga qo‘yish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilishi kerak, soliq organlariga bunday ma’lumotlarni taqdim etish organlar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyati bo‘lgan hollar mustasno hisoblanadi.
Hisobga olinishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan soliq solinadigan obyektlar bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu ko‘rsatilgan majburiyat tatbiq etilmaydi.
Soliq to‘lovchini hisobga qo‘yish soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan, shuningdek:
benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilishda
to‘lanadigan aksiz solig‘ining soliq to‘lovchilariga; hududiy alohida bo‘linma joylashgan eri bo‘yicha xodimlar soni yigirma
besh kishidan ko‘p bo‘lgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agentiga tatbiq etiladi.
Soliq to‘lovchini obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish soliq to‘lovchi aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab o‘n kun ichida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan erdagi soliq organiga aksiz solig‘i soliq to‘lovchisi sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart. hududiy alohida bo‘linma joylashgan eri bo‘yicha xodimlar soni yigirma
besh kishidan ko‘p bo‘lgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agenti alohida bo‘linma tashkil etilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin o‘n kun ichida alohida bo‘linma joylashgan erdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchi soliq agenti sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart.
Soliq organi soliq to‘lovchiga ilgari berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga muvofiq uni murojaat qilgan kunidan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay obyektning joylashgan eri bo‘yicha hisobga oladi.

Yüklə 60,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin