5-mavzu. Soliq to‘lovchilar va soliq obyektlarini hisobga olish tizimi


-rasm. Identifikatsiya raqami beriladigan soliq to’lovchilarning toifalari*



Yüklə 60,35 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü60,35 Kb.
#179063
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu. SOLIQ TO‘LOVCHILAR VA SOLIQ OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH TIZIMI

5.1.-rasm. Identifikatsiya raqami beriladigan soliq to’lovchilarning toifalari*
*rasm muallif ishlanmasi
Soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqamlariniberish quyidagilarnita’minlashga qaratilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reestrini shakllantirish;

  • soliq to‘lovchilarni hisobga olishni tartibga solish;

  • soliqlarning budjetga tushishini hisobga olish va soliq organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lumotlarni kompyuterdaishlashni joriy etish;

  • soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko‘p tomonlama tekshirilishi, nazorat qilinishini tashkil etish;

  • soliq organlari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari bank muassasalariva moliyaviy tusdagi, shuningdek ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish;

  • daromadlarni, to‘langan soliqlarni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy va boshqa sug‘urta bo‘yicha davlat jamg‘armalariga to‘lovlarni hisobga olishni birxillashtirish. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami soliq majburiyatlari va barcha ijtimoiy huquqlari bo‘yichayagona hisoblanib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa sug‘urtalar bo‘yicha to‘lovlar (mablag‘lar) olish bo‘yicha davlat hokimiyati va nazorat organlari o‘rtasidagi aloqalarda qo‘llaniladi va o‘zgartirilmaydi.

Identifikatsiya raqami bir marta beriladi va faqat yuridik shaxsning tugatilishi, Soliq voqealar ro‘y bergandan keyin uch yil o‘tgach, bekor qilinishi mumkin. Shundan keyin Soliq kod boshqa soliq to‘lovchiga beriladi.
Soliq to‘lovchiga identifikatsion raqam berish orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • soliq to‘lovchi yuridik shaxslarni to‘liq va sifatli ro‘yxatga olish;

  • soliq to‘lovchilarga identifikatsionraqam berish orqali tuman, viloyat, respublika miqyosida soliq to‘lovchilarning yagona bazasini tashkil qilish va soliq to‘lovchilarning hamma ma’lumotlarini jamlash;

  • soliq to‘lovchilarning budjet bilan munosabatlarini nazorat qilish, to‘lagan soliq va to‘lovlarini hisobga olish va kompyuter dasturlari orqali yuritish;

  • soliq to‘lovchilarga berilganidentifikatsion raqam davlat, ijtimoiy ta’minot, sug‘urta bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda va hamma to‘lov hujjatlarida ishlatish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191son “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to’siqlarni qisqartirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida“gi farmoniga asosan 2021 yil 1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish amaliyoti bekor qilindi. Shunga asosan, 2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlarida soliq to’lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda amalga oshirishga o’tildi.Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritish ta’qiqlanadi.

Yüklə 60,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin