3.2.1. Yagona soliq to‘lovi
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sha-
roitida kichik biznesni rivojlantirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish,
mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni
tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham
berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi.
87
Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish
mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-
apreldagi «Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish
tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida»gi 159-sonli qaroriga asosan
mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan
tartibidan soddalashtirilgan, ya’ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga
o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki
umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi
qat’iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi
soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtirdi hamda ular bir nechta soliq turi
o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob-
kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona
hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 348-moddasiga muvofiq
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim
toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini
hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan
soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari
qo‘llanilishini, shuningdek, mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim
etilishini nazarda tutadi.
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash belgilangan faoliyat turlarini
amalga oshiruvchi yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar va yagona yer
solig‘ini to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida
hisob yuritishlari hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lashlari shart.
Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i hamda tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq Soliq
kodeksida nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning o‘rniga to‘lanadi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq
to‘lovchilar uchun to‘lov manbayida soliqlarni va boshqa majburiy
to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat
maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi:
to‘lov manbayida undiriladigan foyda solig‘i;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajari-
ladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat
solig‘i;
aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz
solig‘i;
|