149
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq
tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-
uskunalar, shuningdek, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni
yetkazib berish texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish kontrakti
shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha
vakolatli davlat
organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya
majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;
vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud
bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari
va tezkor-qidiruv
tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha
maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining
texnik vositalari;
qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha yog‘och-taxta
materiallari va yog‘och.
Tovarlar respublika hududiga import qilinishida qo‘shilgan qiymat
solig‘i bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishiga
qadar yoki u bilan bir
vaqtda to‘lanadi. Agar bojxona deklaratsiyasi belgilangan muddatda
topshirilmasa qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatlari bojxona
deklaratsiyasi topshirish muddati tugagan kundan boshlab hisoblab
chiqariladi.
Jismoniy shaxslar soliqni bojxona organi posti kassasiga naqd pul
yoki naqd pulsiz orqali belgilangan tartibda to‘lashlari mumkin.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘langan
summalari hududiy
bojxona organlarining depozit hisobvaraqlariga kirim qilinib, keyin ular
respublika byudjeti daromadlariga qayd etiladi. Bojxona organlari 3 kun
muddat ichida undirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini
respublika byudjetiga o‘tkazadilar.
Dostları ilə paylaş: