161
markalari miqdorining butun summasini to‘lagach, davlat soliq
inspeksiyalariga turlari bo‘yicha aksiz markalarining zarur miqdorini
xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar davlat
soliq boshqarmalari soliq inspeksiyalarining aksiz markalariga doir kelib
tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va
qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim
etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda
aksiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar.
Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga
taqsimlagan holda beriladi.
Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani «Davlat belgisi»
Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.
Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston
Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu
organlar
taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga
o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma
tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim
etadilar.
Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi
hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan
ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga
muvofiq «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy
bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari
aksiz markalarini:
alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga –
aksiz markalarining nominal qiymatining 50 foizi to‘langanidan keyin;
tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz
markalarining nominal qiymati to‘liq to‘langanidan keyin;
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga –
nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz
solig‘i to‘liq hajmda to‘laganidan keyin beradilar.
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha
xarid qiladigan aksiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika
162
byudjetiga kiritiladi va aksiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aksiz
markalarining qiymati hisobiga olinmaydi.
Aksiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi «Davlat belgisi» DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha
tasdiqlaydi.
«Davlat belgisi» DIChBning aksiz markalarini ishlab chiqarishga
doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika
byudjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida
qoplaydi.
Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:
Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:
respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib
kelinadigan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda
ko‘rgazmalar o‘tkazish
uchun olib kelinadigan;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib
kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan;
jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga
O‘zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan aksizsiz olib kirish
me’yorlari doirasida keltirilayotgan.
Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan
pivo O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan
markalanmaydi.
Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aksiz
tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston
Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aksiz
markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular bo‘yicha
umumiy belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘lanadi.
Aksiz markalari ishlab chiqariladigan
va import qilinadigan aksiz
tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan
markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi:
IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import
bo‘yicha olib kelingan;
O‘Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab
chiqarilgan;
98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil;
01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi
korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki
alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan
kod raqamlari;
163
4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi;
5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi;
98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi
hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini
anglatadi;
99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz
tovarlari anglatadi.
Dostları ilə paylaş: