166
Mol-mulk solig‘i to‘lovchi-
lar, soliqqa tortish obyekti
va mol-mulkning o‘rtacha
yillik qoldiq qiymatini aniq-
lash tartibi
ulushi 2012 yilda 2004 yilga nisbatan 0,3 foizli punktga kamayganligini
ko‘rish mumkin. Bu holatni soliqqa
tortish tartiblarini yanada
takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak. Bunga bir xil
ahamiyatli va samarasiz bo‘lgan imtiyozlarni bekor qilinayotganligini
misol keltirish mumkin.
Soliq qonunchiligiga asosan
mol-mulk solig‘ining to‘lovchilari
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
hududida
soliq solinadigan mol-
mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar
– O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari hamda O‘zbekiston
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z mulkida ko‘chmas
mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining
norezidentlaridir. Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini
aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi
shaxsning egaligida va
(yoki) foydalanishida bo‘lsa, shu shaxs soliq to‘lovchidir.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni
to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirgan taqdirda, belgilangan tartibda yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilardir;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
nazarda tutilgan yuridik
shaxslar.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning
obyekti
bo‘lib, ko‘chmas mulk, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing)
shartnomasi bo‘yicha olingan ko‘chmas mulk, tugallanmagan qurilish
obyektlari hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-
uskunalar qiymati hisoblanadi.
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga muayyan qurilish
obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida
belgilangan normativ
muddatda, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa,
qurilish boshlanganidan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi
tugallanmagan obyektlar kiradi.
Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar
jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan hamda rekonstruksiya va
(yoki) modernizatsiya qilinayotgan obyektlarda loyiha-smeta
hujjatlarida belgilangan muddatlarga muvofiq kapital qo‘yilmalar
hisobiga ishga tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi.
Loyiha-smeta
hujjatlarida asbob-uskunalarni ishga tushirish muddatlari bo‘lmagan
167
taqdirda, buyurtmachi sifatida ish ko‘rayotgan yuridik shaxsning rahbari
tomonidan tasdiqlangan muddatlar soliq solish obyektini belgilash
uchun qabul qilinadi, lekin bu muddatlar asbob-uskunalar montaj
qilishga topshirilgan paytdan e’tiboran bir yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan
mulk qilib olingan (realizatsiya qilingan) ko‘chmas mulk obyekti
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu obyektlar joylashgan yerdagi davlat
soliq xizmati organiga ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin o‘n kun ichida
ma’lum qilishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan yer uchastkalari
soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.
Soliq kodeksining 267-moddasiga muvofiq yuridik shaxslarning
mol-mulkiga solinadigan soliqning bazasi bo‘lib:
ko‘chmas mulk bo‘yicha - o‘rtacha yillik qoldiq qiymati.
Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich
(tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan
usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi
o‘rtasidagi
farq sifatida aniqlanadi;
normativ muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining
o‘rtacha yillik qiymati;
belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalarning
o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi.
Soliq solish obyektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha
yillik qiymat) hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga
ko‘ra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha
yillik
qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi
sifatida ortib boruvchi yakun bilan quyidagi formula bo‘yicha
aniqlanadi:
31
yanvar
+
28 (29)
fevral
+ … +
30
noyabr
+
31
dekabr
O‘rtacha
yillik (qoldiq)
qiymati
=
-------------------------------------------------------------------
12
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk
obyektlari bo‘yicha soliq solinadigan baza mazkur obyektlarga bo‘lgan
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida
aniqlanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchi
tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash