169
sug‘orish va kollektor-drenaj
tarmoqlari obyektlarining;
tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari,
yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarning. Obyektlarni
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in
xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarga kiritish tegishli tabiatni
muhofaza qilish yoki davlat yong‘in nazorati organining
ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari,
magistral truboprovodlar, aloqa va
elektr uzatish liniyalarining,
shuningdek, ushbu obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan
inshootlarning;
konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish
fondlarining;
soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik
faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik
ahamiyatiga molik obyektlarning.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliqdan quyidagilar
ozod qilinadi:
sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot,
ta’lim, madaniyat va san’at tashkilotlari;
uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy
ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va
boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari jumlasiga
uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni
amalga
oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yig‘ishtirish,
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shaharlar hamda
shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan,
taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish
va suvni taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash
inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda
gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan
tarmoqlardan
foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni
taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat
binolarining xo‘jalik boshqarmalari, o‘t o‘chirish komandalari, uy-joy-
kommunal xo‘jaligining xo‘jalik boshqarmalari,
uy-joy-kommunal
xo‘jaligi va shahar xo‘jaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik
boshqa korxonalari kiradi;