185
chiqariladi va yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan
yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 10 yanvariga qadar
taqdim etiladi (7-ilova).
Yuridik shaxslar tomonidan yer solig‘ini
hisoblab chiqarish soliq
solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga
oshiriladi.
Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri
mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat
ichida
davlat soliq xizmati organiga yer solig‘ining aniqlashtirilgan
hisob-
kitobini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy
maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yagona yer solig‘ini
to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘ining
aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati
organiga joriy yilning
1 dekabriga qadar taqdim etadi.
Yil mobaynida yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tayotgan
umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar - mikrofirmalar va kichik
korxonalar umumbelgilangan soliqlar ular tomonidan to‘langan davr
uchun er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yagona soliq
to‘lovini to‘lashga o‘tilayotgan oyning 10-sanasidan
kechiktirmay
taqdim etadi.
Soliq davri mobaynida yer solig‘i to‘lashning belgilangan
muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani
to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz
kundan
kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yer solig‘ini to‘lash yuridik shaxslar tomonidan har oyning 10-
kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi
miqdorida amalga oshiriladi.
Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari
tomonidan yer solig‘ini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 sentabriga qadar - yillik soliq summasining 30
foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi.
Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan
taqdirda, agar boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
qarz mavjud
bo‘lmasa, ushbu summalar soliq to‘lovchiga o‘ttiz kun ichida uning
yozma arizasi bo‘yicha qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd
etiladi.
186
Yer solig‘i, soliq to‘lovchining joylashgan eridan qat’iy nazar
hududida yer uchastkasi joylashgan tuman
yoki shaharning mahalliy
byudjetiga to‘lanadi. Agar yer uchastkasi ham tuman, ham shahar
hududida joylashgan bo‘lsa, soliq xuddi shu tartibda to‘lanadi.
Yuridik shaxslarning byudjet bilan yer solig‘i bo‘yicha hisob-
kitoblari buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni
hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: