Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Yer solig‘i bo‘yicha 
imtiyozlar


182

rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati 
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - aholining ommaviy dam olishi 
va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda 
tashkilotlarga berilgan yerlar;

tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati 
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va 
tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy 
qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, 
tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar;

suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari 
(daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va 
boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek, suv 
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda 
berilgan suv havzalari hamda boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab 
ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;

elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari 
egallagan yerlar;

umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, 
tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni 
bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, 
kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat 
ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga 
ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;

madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;

umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq 
ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda 
elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir 
yo‘llar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek, belgilangan tartibda 
temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy 
yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan 
yerlar;

shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu 
jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda 
ularning inshootlari egallagan yerlar;

sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va 
bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari 
hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;


183

aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: 
magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya 
kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va 
tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi 
kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar 
hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;

magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos 
stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, 
truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash 
uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga 
o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;

magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, 
kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv 
ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, 
isitkichlari, tsirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar 
egallagan yerlar;

samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish 
yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining 
radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan 
obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati 
davrida;

konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan 
yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;

gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari 
egallagan yerlar;

yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida 
foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga 
molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;

ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon 
daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, 
ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan 
taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar 
uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan 
mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir 
yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari; cho‘l va 
chala cho‘l zonalaridagi o‘rmonlar; shahar o‘rmonlari va o‘rmon-
bog‘lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining 


184
ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar; suv ta’minoti 
manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar; 
kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi 
o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar; ilmiy yoki tarixiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;

qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan 
yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular 
o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;

melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan 
yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;

yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan 
yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish 
uchun foydalanilishidan qat’iy nazar uch yil muddatga. Kuzda 
o‘tkazilgan yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini 
hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, 
bahorda o‘tkazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 
yanvaridan e’tiboran boshlanadi;

ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va 
o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi 
sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli 
tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy 
hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga 
muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning 
seleksiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa 
ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda 
daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to‘lashdan ozod qilinadi. 
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer 
uchastkalariga yuqorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 
oktabrdagi 281-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahalliy davlat 
hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-
mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish 
tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga belgilangan 
shartlar asosida yer solig‘i bo‘yicha qo‘shicha imtiyozlar taqdim etishi 
mumkin. 
Soliq kodeksining 285-moddasiga ko‘ra 
yer solig‘i har bir soliq davrining 1-
yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin