193
shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - soliq davridan
keyingi yilning 25 yanvarigacha (8-ilova).
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi
to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda
tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan
soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar suv
resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘laydilar, bundan
yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari,
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek,
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon
xo‘jaliklari mustasno.
Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar
joriy soliq davrining 25 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan
kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga mo‘ljallanayotgan
soliq solinadigan bazadan
(foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik
uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan
joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar.
Hisoblab chiqarilgan joriy to‘lovlar quyidagicha to‘lanadi:
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni
tashkil
etadigan yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik
korxonalar bundan mustasno) - har oyning 25-kunidan kechiktirmay suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining o‘n ikkidan
bir qismi miqdorida;
soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
summasi eng kam ish haqining ikki yuz
baravaridan kamni tashkil
etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan
yuridik shaxslar, shuningdek, mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yilning har choragi uchinchi
oyining
25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida.
Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza
o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim
194
etishga haqli. Bunda soliq davrining
qolgan qismi uchun joriy
to‘lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o‘zgarish
summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash
joriy to‘lovlar hisobga olingan holda soliq to‘lovchilar tomonidan,
suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, hisob-kitob taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, bundan yuridik
shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari
mustasno.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha
joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra byudjetga to‘lanishi lozim
bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10
foizdan ortiq miqdorga
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib
chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq to‘lash
yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha
amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarning byudjet bilan suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
bo‘yicha hisob-kitoblarining buxgalteriya
hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlar bo‘yicha) qarzlarni hisobga
olish hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:
davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti;
byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i
krediti.
Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi:
byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i
debeti;
pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti.
Dostları ilə paylaş: