192
qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr
uchun to‘liq miqdorda undiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda
soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:
sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida
foydalaniladigan yer osti mineral
suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog‘ida
realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida
chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga,
ishlab chiqarish va texnik
ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;
shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali
qazilmalarni qazib
olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish
uchun yer qa’riga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga,
bundan
ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi
mustasno;
gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun
foydalaniladigan
suv hajmiga;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish
uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
Soliq kodeksining 262-moddasiga ko‘ra
suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliqning soliq davri kalendar yil hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq summasi soliq
solinadigan bazadan va
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon
xo‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi
davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq
solinadigan bazadan va
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi
suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati
organlariga quyidagilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi
korxonalari bundan
mustasno) - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi
korxonalari tomonidan - joriy soliq davrining 15 dekabrigacha;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni
doimiy muassasa orqali
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari,
Dostları ilə paylaş: