197
O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanuvchilar ikki xil bonusni
to‘laydilar. Bular imzoli bonus hamda tijoratbop topilma bonusi.
Rentals tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning
ikkinchi ko‘rinishi hisoblanib, davlat tomonidan tabiiy resurslardan
foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish vaqtida undiriladigan to‘lov
hisoblanadi. Rentals kelishuv davri davomida yoki qazib olish
boshlanishidan avval undiriladi.
Royalti tabiiy resurslardan foydalanuvchining yalpi daromadidan
foiz ko‘rinishida undirilib, davlat tomonidan tabiiy resurslarning egasi
sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotning qat’iy ulushi o‘zlashtiriladi.
Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, royalti – bu mineral xom-
ashyoni qazib olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot
qiymatiga
nisbatan foiz hisobida bitim shartlariga muvofiq belgilangan va investor
tomonidan pul shaklida yoki qazib olingan mineral xom-ashyoning bir
qismi tarzida to‘lanadigan muntazam to‘lovlardir
46
.
Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanishni soliqqa tortish
odatda foyda solig‘i va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus
soliqlar, ya’ni renta soliqlari sifatida undiriladi. Shuningdek, ayrim xorijiy
mamlakatlar soliq amaliyotida tabiiy resurslardan
foydalanish hisobiga
yuqori rentabellikka erishadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun aksiz
soliqlari ham amal qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikamiz
hududidagi barcha tabiiy, yer osti boyliklari davlatimiz tasarrufiga o‘tdi.
O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ijtimoiy ishlab
chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to‘plangan.
O‘zbekistonda 100 ga yaqin mineral xom-ashyoni o‘zida mujassam
etgan 2700 ta kon aniqlangan. Amalda Mendeleev
davriy jadvalidagi
barcha elementlar respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy
xom-ashyo salohiyoti 3,3 trillion AQSh dollari miqdorida
baholanmoqda. Mavjud konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSh dollariga
teng foydali qazilmalar qazib olinmoqda.
Respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra mavjud yer osti boyliklari
umumdavlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil
23 sentabrdagi «Yer osti boyliklari to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq
1995 yildan boshlab yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq
joriy etildi va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar
ularning xajmidan
kelib chiqqan holda maxsus soliq to‘lay boshladilar.
46
O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida» gi Qonuni, 20-modda.
198
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishidan asosiy
maqsad – umumdavlat mulki hisoblangan yer osti boyliklaridan oqilona
tarzda butun jamiyat a’zolarini va kelajak avlod manfaatlarini hisobga
olgan holda foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2002 yil 13 dekabrda «Yer osti boyliklari
to‘g‘risida» gi Qonunning yangi tahriri tasdiqlandi va ushbu qonunning
asosiy vazifasi bo‘lib, yer osti
boyliklariga egalik qilish, ulardan
foydalanish va tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga
solishdan iborat ekanligi belgilandi.
Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Ushbu
soliq tabiiy boyliklardan foydalanishning samaradorligini ta’minlash
bilan birga sof fiskal vazifani ham bajaradi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 2004 yilda davlat byudjeti
daromadlarining 1,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib 11,5
foizni, 2008 yilda 10,5 foizni, 2010 yilda esa 9,6 foiz bo‘lgan. 2017 yilgi
davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha
ushbu soliq davlat byudjeti
daromadlarining 6,2 foizini, mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlaridagi
salmog‘i esa 45,4 foizni tashkil etmoqda (3.9.1-diagramma).
Dostları ilə paylaş: