Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliq to‘lovchilar, so-
liqqa tortish obyekti 
va bazasi 


200
tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo‘lgan makon, foydali qazilmalar 
deganda - iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik 
hosilalar qaraladi. 
Tarkibida rangli, nodir, asl, qora metallar va boshqa mineral xom 
ashyo bo‘lgan rudalarni bir korxona qazib olib, uni bundan keyin qayta 
ishlash uchun boshqa korxonalarga bersa (eksport bundan mustasno), 
qazib olinadigan rudani qayta ishlaydigan va soliq stavkasi belgilangan 
tayyor mahsulot chiqaradigan korxona soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Masalan, Olmaliq mis qazib olish korxonasi tarkibida mis bo‘lgan, 
qazib olingan rudani boyitish fabrikasiga beradi, fabrika boyitilgan 
rudani Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining mis eritish 
zavodiga topshiradi. Kombinat tayyor mahsulot - tozalangan mis 
chiqaradi, soliq stavkasi ham unga belgilangan. Mazkur holatda rudani 
qazib oluvchi korxona emas, balki tozalangan misni olganlik uchun 
kombinat soliq to‘lovchi hisoblanadi. 
Respublikamizda ushbu soliqning asosiy qismini davlat byudjetiga 
ta’minlab beruvchi eng yirik soliq to‘lovchilar bo‘lib, Olmaliq tog‘-kon 
metallurgiya kombinati, Navoiy kon metallurgiya kombinati, Farg‘ona 
va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan va Muborak gazni 
qayta ishlaydigan zavodlari, Navoiy oltinni qayta ishlaydigan korxona 
shuningdek, Angren ko‘mir qazib oluvchi korxona va boshqa shu kabi 
yer osti boyliklarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi yirik 
korxonalar hisoblanadi.
Ruda qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga 
yuklab jo‘natilgan yoki eksport qilingan taqdirda rudani qazib olgan 
korxona soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Soliq kodeksining 244-moddasiga ko‘ra kavlab olingan (ajratib 
olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun 
soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. 
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va 
realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, 
shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o‘z iste’moli va 
boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan foydali qazilma (foydali 
komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi.
Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi bo‘yicha 
alohida aniqlanadi. 
Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir: 


201

sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan kavlab 
olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali 
qazilmalar va foydali komponentlar;

uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin 
oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan 
foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan 
foydali komponentlar. 
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal 
texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga 
qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti 
bo‘lmaydi.
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu 
jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho 
metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho 
toshlar uchun soliq solish obyektidir. 
Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha soliq solish 
obyektidir:

kavlab olingan (shu jumladan qo‘shilib chiqadigan) foydali 
qazilmalar;

foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral 
hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar. 
Soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab 
olingan hamda o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun 
foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti 
bo‘lmaydi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun 
kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri 
uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan 
qiymati soliq solinadigan bazadir.
Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har 
bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida, 
pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat 
solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan 
realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. 
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, 
soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi 


202
hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‘rtacha 
olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq 
solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab 
olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi.
Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o‘sha 
hisobot davrida hisoblangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 
summasiga hisobot davrida tarkib topgan o‘rtacha olingan bahodan kelib 
chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki 
topshirilgan taqdirda o‘rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun 
tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan 
yuqori bo‘lmasligi kerak.
Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yoki tayyor 
mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish 
yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot 
uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun 
soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq 
to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat 
soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda 
yetkaziladi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qazib olinadigan xom-ashyo turlari 
bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning tabaqalashtirilgan 
stavkalari belgilangan. Foydali qazilmalarni qazib olishning tabiiy noqulay 
sharoitda ishlaydigan konlar davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 
qo‘llab quvvatlanadi. Ularga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalarni joriy 
etish orqali bunday korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirish va 
zamonaviylashtirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda jami 55 turdagi foydali qazilmalarga nisbatan 
tabaqalashtirilgan tarzda soliq stavkalari o‘rnatilgan. 
2018-yil 1-yanvardan boshlab yer qa’ridan foydalanganlik uchun 
soliq stavkalari quyidagicha belgilangan.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin