212
IV BOB. JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH
4.1. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq 1993 yil 28
dekabrda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasining
«Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi
Qonuni bilan 1994-yildan boshlab joriy etilgan.
Jismoniy shaxslarning
mol-mulkiga solinadigan soliq muntazam (doimiy) undiriladigan soliq
hisoblanadi, ya’ni u bir yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mahalliy soliq
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan va unda ro‘yxatga
olingan mol-mulklardan undiriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq fiskal ahamiyatga ega bo‘lib
davlat byudjetining
daromadlar qismini shakllantiradi.
4.1.1-diagramma. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
Dostları ilə paylaş: