Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

N = V x St, 
 
bu yerda: 
N
- hisoblab yozilgan soliq; 
V
- benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning natura holidagi realizatsiya 
qilingan hajmi; 
St 
- soliq stavkasi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa 
to‘lanadigan soliqlar, yig‘imlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq 
solish obyekti yoki bazasi bo‘lmaydi. 
Soliq to‘lovchilar sotilgan benzin, 
dizel yoqilg‘isi, gaz hisobi hamda 
hisoblangan soliq summalari hisobini 
alohida yuritadilar.
Byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi «Byudjet bilan hisob-kitoblar» 
hisobvarag‘i bo‘yicha - «Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik 
uchun olinadigan soliq» ilova hisobvarag‘ida yuritiladi, soliqni o‘tkazish 
«Hisob-kitob varag‘i» hisobvarag‘i bo‘yicha aks ettiriladi.
Undirilgan soliq mahalliy byudjetga O‘zbekiston Respublikasi 
byudjetlari daromad va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko‘ra bo‘lim va 
paragrafga to‘lanadi. 
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan 
soliqning hisob-kitobi joriy o‘n kunlik to‘lovlar hisobga olingan holda 
har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, 
yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan 
muddatda taqdim etiladi (10-ilova).
Hisob-kitob benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxs joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati 
organlariga taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqilg‘i quyish 
Soliq hisobini yuritish 
va uni byudjetga 
to‘lash muddatlari


211
shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilish 
hollari mustasno.
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga 
yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati 
organlariga taqdim etiladi. 
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni 
to‘lash benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilingan oyning o‘n 
kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kundan kechiktirmay, hisob-kitob 
taqdim etiladigan yerda har o‘n kunda amalga oshiriladi. Soliq hisobotida 
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning xaqqoniyligiga javobgarlik soliq to‘lovchining 
zimmasiga yuklanadi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin