205
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
soliq to‘lovchilar tomonidan
soliq solinadigan
baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan
holda hisoblab chiqariladi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga
quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan - ortib boruvchi yakun bilan yilning
har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan
muddatda;
jismoniy shaxslar tomonidan - yiliga bir marta, soliq davridan
keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay (9-ilova).
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash
quyidagicha
amalga oshiriladi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, jismoniy
shaxslar tomonidan - hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan
kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga
kirmaydigan
yuridik shaxslar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Yuridik shaxslarning yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha
hisob-
kitoblarining buxgalteriya hisobi byudjetga
to‘lovlar (turlari) bo‘yicha qarzlarni
hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hisoblab yozilgan soliq summasi buxgalteriyada
quyidagicha aks
ettiriladi:
davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘ining debeti;
byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish
hisobvarag‘ining krediti.
Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi:
byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish
hisobvarag‘ining debeti;
pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘ining krediti.
Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan holda,
boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz bo‘lmagan taqdirda,
ushbu
Dostları ilə paylaş: