189
Soliq kodeksining 258-moddasiga
muvofiq yer usti
va yer osti manbalaridan
olib foydalaniladigan suv resurslari soliq
solish obyekti hisoblanadi.
Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar,
ko‘llar, suv
omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa
suv havzalari hamda suv manbalari.
Suv resurslarining yer osti manbalariga
artezian quduqlari va
skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa
inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
Foydalanilgan suv resurslarining hajmi soliq solish bazasi
hisoblanadi.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan
olingan suv
hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish
hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari
asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning
hajmi
suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va
sanitariya
normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish
normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa
usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib
foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini
yuritadi. Suv resurslarining yer usti va
yer osti manbalaridan suv
keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq
solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha
alohida-alohida
aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod
tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan
keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat
soliq xizmati organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga
qadar
taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari besh kun ichida
ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
Soliq to‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq
solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi
foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning
bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq
solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma
tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: